11:07 / 09.12.2022
1 305

Davlat xizmatchisi shug‘ullanishi mumkin bo‘lmagan tadbirkorlik turlari ma’lum qilindi

Davlat xizmatchisi shug‘ullanishi mumkin bo‘lmagan tadbirkorlik turlari ma’lum qilindi
Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxs davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilingandan so‘ng tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatib turish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatib turish tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan quyidagilar belgilanmoqda:

davlat xizmatchisi bevosita o‘zi shug‘ullanishi mumkin bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyati turlari:
  • tadbirkorlik faoliyati subyektini tashkil etish, uning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lish;
  • tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini bajarish;
  • tadbirkorlik subyektlaridagi ulushlarga, paylarga, aksiyalarga bevosita egalik qilish;

davlat xizmatchisi jismoniy shaxs sifatida bevosita o‘zi shug‘ullanishi mumkin faoliyat turlari:
  • shaxsiy tomorqa xo‘jaligi bilan shug‘ullanish, uyida chorvachilik va parrandachilik bilan shug‘ullanish;
  • o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari va hokazo;

davlat xizmatiga kirgan shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyati haqida xabardor qilish tartibi:
  • shaxs lavozimiga tayinlangan kundan boshlab uch ish kuni ichida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi haqida rahbar kadrlar – Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligini; boshqaruv kadrlar va mutaxassislar – davlat organi korrupsiya qarshi kurashish tuzilmasini yozma ravishda xabardor qiladi;

tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni to‘xtatib turish tartibi:
  • to‘xtatib turish shakllari – mol-mulkni ishonchli boshqaruvga topshirish, tadbirkorlik faoliyati subyektini vaqtincha boshqarishga berish, tadbirkorlik faoliyati subyekti muassislari (ishtirokchilari) tarkibidan ixtiyoriy ravishda chiqish;

tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan davlat xizmatchisi huquqlari va majburiyatlari:
  • huquqlari – tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatib turish shakllaridan birini va muddatini erkin tanlash;
  • muddatni uzaytirish va shaklini o‘zgartirish; ishonchli boshqaruvga berilgan mol-mulkdan foyda olish; o‘ziga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar bo‘yicha sudga murojaat qilish;
  • majburiyatlari – tadbirkorlik to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor qilish; 3 oy muddat ichida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni to‘xtatib turish choralarini ko‘rish; manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik;

tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni to‘xtatib turish jarayonini monitoring qilish:
  • davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni to‘xtatib turish jarayoni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda davlat organi korrupsiyaga qarshi kurashish tuzilmasi tuzilmasi tomonidan monitoring qilinadi.

Qaror bilan quyidagi choralar belgilanmoqda:
  • belgilanayotgan yangi tartib hozirga qadar tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan davlat xizmatchilariga nisbatan ham tatbiq qilinadi;
  • davlat organlari va tashkilotlari birinchi rahbarlari davlat xizmatchilari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatib turish tartibiga qat’iy rioya qilishi uchun shaxsan mas’ul hisoblanadi;
  • qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oydan keyin kuchga kiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Davlat xizmatchisi shug‘ullanishi mumkin bo‘lmagan tadbirkorlik turlari ma’lum qilindi