1 658
2023 yilgi soliq o‘zgarishlari: Kichik biznesga yengilliklar beriladi, QQS pasayadi
Aylanmasi 500 mln so‘mgacha bo‘lgan tadbirkorlar oyiga 1,6 mln so‘m, aylanmasi 1 milliardgacha bo‘lganlar oyiga 2,5 mln so‘m qat’iy belgilangan soliq to‘lashga o‘tadi, dividend solig‘idan ozod bo‘ladi, buxgalteriya hisobini yuritmaydi. QQS 15 foizdan 12 foizga tushadi.
Moliya vaziri Timur Ishmetov 2023 yilgi davlat budjetiga oid qonun loyihasini parlamentga taqdim etdi. U o‘z nutqida kelasi yilgi soliq qonunchiligi bo‘yicha ham ma’lumot berdi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi amaldagi 15 foizdan 12 foizgacha pasaytiriladi. Buning natijasida tadbirkorlar ixtiyorida qo‘shimcha 13 trln so‘m aylanma mablag‘ qolishi kutilmoqda. Shu bilan birga, 2023 yilda ushbu soliq bo‘yicha tushumlar joriy yilga nisbatan 16 trillion so‘mga ko‘p bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Aylanmadan olinadigan soliqning amaldagi 14 ta faoliyat turi bo‘yicha 4 foizdan 25 foizgacha belgilangan stavkalari unifikatsiya qilinib, yagona 4 foiz etib belgilanmoqda. Bunda, hudud va faoliyat turiga qarab, 1 foizdan 3 foizgacha belgilangan pasaytirilgan stavkalar saqlab qolinadi.
Tovar aylanmasi 500 mln so‘mgacha bo‘lgan tadbirkorlar uchun yiliga 20 mln so‘m, aylanmasi 500 mln so‘mdan yuqori bo‘lganlar uchun 30 million so‘m miqdorida qat’iy belgilangan soliqni har oyda teng ulushlarda to‘lash huquqi berilmoqda. Bu soliq to‘lovchilar buxgalteriya hisobini yuritishdan hamda foydasidan to‘lanadigan dividend solig‘idan ozod etiladi.
Tovar aylanmasi 1 milliard so‘mdan oshgan kichik biznes toifasiga kiruvchi tadbirkorlar uchun 1 yil davomida foyda solig‘i stavkasi 2 baravarga pasaytiriladi.
Mahalliy budjet daromadlari barqarorligini ta’minlash uchun qat’iy belgilangan soliq stavkalari va bazalari inflyatsiya doirasida yoki 10 foizga indeksatsiya qilinishi nazarda tutilgan. Bunda aksiz solig‘i stavkalari indeksatsiyasi 2023 yil 1 fevraldan ro‘y berishi ko‘zda tutilgan.
2023 yilda foyda solig‘ining bazaviy stavkasi 15 foiz, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 12 foiz, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi 1,5 foiz miqdorida o‘zgarishsiz saqlab qolinmoqda.
2023 yil 1 apreldan boshlab budjet mablag‘lari hisobidan ko‘rsatiladigan bir qator xizmatlar bo‘yicha QQSdan imtiyozlar bekor qilinadi. Boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan berilgan soliq va bojxona imtiyozlarining muddatlari tugashi ham budjet daromadlarida inobatga olingan.
Moliya vaziriga ko‘ra, soliq va bojxona ma’murchiligini takomillashtirish hisobiga 9 trillion 200 milliard so‘m qo‘shimcha reja budjet daromadlarida ko‘zda tutilgan.
Umuman, davlat budjeti daromadlari 2023 yilda 232 trillion 600 milliard so‘m miqdorida rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Timur Ishmetov sanab o‘tgan soliq o‘zgarishlarini 22 avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan uchrashuvida anonslagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi