Qozog‘iston prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston va Qozog‘iston Energetika vazirliklari hamda kompaniyalari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan qator kelishuvlarga erishildi.
Xususan:
- 2023 yilda O‘zbekiston Respublikasiga 300 ming tonna Qozog‘iston nefti va neft mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha qiymati 150 mln dollarlik kelishuv. Ushbu kelishuv doirasida neft yetkazib berish hajmini yiliga 3 million tonnaga yetkazish bo‘yicha ham ishlar ishlar olib boriladi;
- 300 ming tonna Rossiya neftining Qozog‘iston Respublikasi hududi orqali O‘zbekiston Respublikasiga tranzitini 2023 yilda amalga oshirish bo‘yicha qiymati 9 mln dollarlik kelishuv;
- tabiiy gazning o‘zaro tranzitini amalga oshirish, mavjud yer osti gaz omborlarini modernizatsiya qilish va yangilarini qurish, shuningdek, gaz uzatish tizimini rivojlantirish.
Qozog‘istonning «QazaqGaz» kompaniyasi bilan O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi hududlarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish hamda loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bilan birgalikda Anglashuv memorandumi. Memorandum doirasida qo‘shma ishchi guruhlar tomonidan 2023 yil 1 maygacha aniq takliflar tayyorlanadi.
Qozog‘iston Respublikasida quvvati 2000 MVtgacha bo‘lgan zamonaviy ko‘mir issiqlik elektr stansiyasini qurish va ishlab chiqariladigan elektr energiyasini O‘zbekiston iste’molchilariga yetkazib berish bo‘yicha loyihani amalga oshirish yuzasidan kelishuv. 2023 yilda loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqiladi.
Bundan tashqari kimyo sanoatida fosfat va murakkab mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish bo‘yicha «Kazfosfat» kompaniyasi va «O‘zkimyosanoat» AJ o‘rtasida 1,3 milliard dollarlik keng ko‘lamli loyihaga start berildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi