Foto: Getty Images
Xalqaro valyuta jamg‘armasi taxminiga ko‘ra, kelayotgan 2023 yil jahon iqtisodiyotining aksariyat qismi uchun avvalgi yilga qaraganda qiyinroq bo‘ladi. Bu dunyoning uchta asosiy iqtisodiyoti - AQSH, Yevropa va Xitoyning o‘sish sur’atlari sekinlashishi va faollikning zaiflashishi bilan bog‘liq. Bu fikrni 1 yanvar, yakshanba kuni Amerikaning CBS telekanaliga bergan intervyusida Xalqaro valyuta jamg‘armasi bosh ijrochi direktori Kristalina Georgiyeva XVJning so‘nggi hisobotlaridan birini sharhlar ekan, bildirib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH iqtisodi ancha chidamli, u retsessiyadan qochib qutula oladi va hozir ham mamlakatdagi mehnat bozori ancha ishonchliligicha qolmoqda. Georgiyevaning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi Ukrainadagi urushdan qattiq zarar ko‘rgan. «Keyingi yil Yevropa Ittifoqining yarmi retsessiyaga yuz tutadi. Xitoy yanada sekinlashish davom etadi, kelasi yil Xitoy uchun qiyin bo‘ladi», dedi u.
XVJ rahbari shuningdek, global xarajatlarning oshishini bashorat qilmoqda. «Pandemiyadan so‘ng ta’minot zanjirlari qayta tiklanmoqda va ishlab chiqaruvchilar eng arzon ishchi kuchi va xomashyoni emas, balki ishlab chiqarish tannarxi va biznes barqarorligi o‘rtasida muvozanatni saqlashlari mumkin. Bu xarajatlar darajasini oshirishi mumkin», dedi Georgiyeva. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi