O‘zbekistonning 2022 yilgi tashqi savdo aylanmasi 50 mlrd dollardan oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hisobotidan ma’lum bo‘ldi.
Mamlakatda tashqi savdo aylanmasi o‘tgan yili 50,008 mlrd dollarni tashkil qilib. 2021 yilga nisbatan 7,8 mlrd dollarga yoki 18,6 foizga ko‘paydi.
Tashqi savdoda eksport hajmi 19,3 mlrd dollarga (15,9 foizga ko‘paydi) va import hajmi 30,7 mlrd dollarga (20,4 foizga ko‘paydi) yetdi. Yil davomida 11,4 mlrd dollarlik passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.
2022 yilda O‘zbekiston tashqi savdoda eng ko‘p Rossiya bilan hamkorlik qildi — umumiy 9,3 mlrd dollar. Bu davrda O‘zbekiston Rossiyaga 3,1 mlrd dollarlik eksport qilgan bo‘lsa, import 6,2 mlrd dollarni tashkil qildi.
Tashqi savdo bo‘yicha keyingi o‘rinda 8,9 mlrd dollar bilan Xitoy bo‘ldi. Bunda eksport 2,5 mlrd dollar, import 6,4 mlrd dollar bo‘lgan.
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida hamon uchinchi o‘rinda Qozog‘iston bormoqda — 4,6 mlrd dollar. Yil davomida ushbu mamlakatga eksport 1,4 mlrd dollarni, import 3,2 mlrd dollarni tashkil qilgan.
Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan uchta davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan. Bular Afg‘oniston, Qirg‘iz Respublikasi va Tojikistondir. Qolgan 17 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Fransiyadagi muzeydan qiymati 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi