13:50 / 26.01.2023
400

Prezident qarori: oilaviy tadbirkorlik uchun 300 million dollar imtiyozli kredit ajratiladi

Prezident qarori: oilaviy tadbirkorlik uchun 300 million dollar imtiyozli kredit ajratiladi
«Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–18 son, 25.01.2023 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2023 yilda Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida loyihalarni moliyalashtirish uchun «Agrobank» ATB, «Mikrokreditbank» ATB va AT Xalq bankiga alohida tasdiqlanadigan taqsimotga asosan 300 million AQSH dollari ekvivalentidagi mablag‘lar 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga 10 foiz stavkada ajratiladi.

Eslatib o‘tamiz, 25 yanvar kuni prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida tadbirkorlar faoliyatini kengaytirish uchun kredit miqdori amaldagi 225 million so‘mdan 300 million so‘mgacha oshirish nazarda tutilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Prezident qarori: oilaviy tadbirkorlik uchun 300 million dollar imtiyozli kredit ajratiladi