O‘tgan bir yilda O‘zbekiston Markaziy banki oltin zaxiralarini 34 tonnaga oshirdi. Bu haqda Jahon oltin kengashi ma’lumotlarida qayd etilmoqda.
Qayd etilishicha, mamlakat Markaziy banki 2022 yilni qimmatbaho metal sotuvchisi sifatida boshlagan bo‘lsa-da, xaridor sifatida yakunlagan.
Markaziy Osiyoda ham sog‘lom xarid darajasi kuzatilib, O‘zbekistondan so‘ng Qirg‘iziston va Tojikiston Markaziy banklari ham oltin zaxiralarini mos ravishda 6 va 4 tonnaga oshirgan.
Mintaqaviy nuqtai nazardan, Yaqin Sharq yil davomida oltinning faol xaridori bo‘ldi. Misr (47 tonna), Qatar (35 tonna), Iroq (34 tonna), Birlashgan Arab Amirliklari (25 tonna) va O‘mon (2 tonna) oltin zahiralarini sezilarli darajada oshirgan.
Umuman olganda, turli mamlakatlar Markaziy banklari to‘rtinchi chorakda 417 tonna, ikkinchi yarim yillikda esa 862 tonna oltin sotib olgan.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil noyabr oyida eng ko‘p oltin sotgan mamlakatlar orasida Qozog‘iston va O‘zbekiston Markaziy banklari (mos ravishda 4 va 2 tonna) qayd etilgan edi.
Shuningdek, o‘tgan yilning dekabr holatiga O‘zbekiston Markaziy banklar orasida oltinning dunyodagi ikkinchi eng yirik xaridoriga aylagani, xususan, mamlakat 65 foizlik zaxirasi bilan Venesueladan keyingi o‘rinni qayd etgani xabari berilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi, u endi...