14:55 / 04.02.2023
241

Xitoy O‘zbekistonda «yashil» energiya ishlab chiqarishga jalb etiladi

Xitoy O‘zbekistonda «yashil» energiya ishlab chiqarishga jalb etiladi
Foto: Dunyo
O‘zbekistonning Guanchjoudagi bosh konsuli Otabek Valiyev Xitoyning Dalyan xalqaro biznes uyushmasi rahbari Mou Ige bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo.

Muloqot davomida Dalyan xalqaro biznes uyushmasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, uyushma a’zolari bo‘lgan kompaniyalarni O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Uyushma rahbarining ma’lum qilishicha, tashkilot va uning a’zolari bugungi kunda O‘zbekiston korxonalari bilan birgalikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga katta qiziqish bildirishmoqda. Mou Igening aytishicha, Xitoy tomoni Dalyan va Samarqand shaharlari o‘rtasida do‘stlik aloqalarini o‘rnatish taklifini bildirmoqda.

Tomonlar quyosh va shamol energiyasini qayta ishlash orqali «yashil» energiya ishlab chiqarish va uyushma tarkibidagi ushbu yo‘nalishda faoliyat olib boruvchi kompaniyalarni mamlakatga jalb etish yuzasidan dastlabki kelishuvga erishildi.

Uyushma rahbariyati va a’zolari mamlakatda yaratilgan sarmoyaviy muhit bilan bevosita tanishish maqsadida biznes missiya bilan O‘zbekistonga borishga taklif etildi.

Dalyan xalqaro biznes uyushmasi 120 dan ortiq IT, infratuzilma, loyihalashtirish, qurilish industriyasi, quyosh va shamol energiyasi jihozlari ishlab chiqaruvchi hamda xalqaro savdo kompaniyalarini o‘z atrofiga birlashtirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Xitoy O‘zbekistonda «yashil» energiya ishlab chiqarishga jalb etiladi