16:25 / 06.02.2023
155

Nurmurodov: “Geosiyosiy vaziyatning salbiy ta’siri sababli inflyatsiya darajasi kutganimizdan yuqori shakllandi”

Nurmurodov: “Geosiyosiy vaziyatning salbiy ta’siri sababli inflyatsiya darajasi kutganimizdan yuqori shakllandi”
O‘zbekistonda 2022 yil davomida inflyatsiya kutilgan yillik 8-9 foiz emas, 12,3 foiz darajasida shakllandi. Bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov jurnalistlar bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deya xabar berdi “Daryo”.

Mamarizo Nurmurodovning aytishicha, geosiyosiy vaziyatning keskinlashuvi O‘zbekistonda inflyatsiya darajasining o‘sishi va iqtisodiy faollikning sekinlashishiga sabab bo‘lgan.

2022 yilda inflyatsiyani 8-9 foizga pasayishini kutgandik, lekin tashqi geosiyosiy vaziyatning tovarlar, xom ashyo mahsulotlariga ta’siri va buning oqibatida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, energiya resurslari narxlarining yuqori sur’atlarda o‘sishi hisobiga inflyatsiya darajasi biz kutgandan yuqori shakllandi. 2022 yil yakuni bo‘yicha yillik inflyatsiya 12,3 foizga teng bo‘ldi.

So‘nggi yarim yillikda bazaviy inflyatsiyada ham sezilarli o‘sish tendensiyasi kuzatilyapti. Bu o‘sish yil yakuni bo‘yicha 13,8 foiz darajasiga yetdi. Bazaviy inflyatsiya darajasining yuqori bo‘lishi, iqtisodiyotda shakllanayotgan inflyatsion jarayonlarni, keng qamrovli va uzoq muddatli xarakterga ega bo‘lib borayotganini bildiradi. Bu o‘z o‘zidan monetar siyosatimizda ma’lum bir to‘g‘rilashlarni kiritishni taqozo etadi
”, — dedi Markaziy bank rahbari.

Mamarizo Nurmurodovning ta’kidlashicha, joriy yilda aksariyat rivojlangan davlatlarda ham iqtisodiy o‘sish sekinlashishi prognoz qilinmoqda.

2023 yilda global iqtisodiy faollik va asosiy savdo hamkorlarimiz bo‘lgan davlatlar iqtisodiyotining o‘sishida pasayish bilan bog‘liq yuqori noaniqliklar saqlanib qolmoqda. Bu kutayotgan iqtisodiy ko‘rsatkichlarimiz shakllanishiga ham ma’lum jihatdan salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Bundan tashqari, xalqaro moliya institutlari rivojlangan davlatlarning ko‘pchiligida retsessiya holati kuzatilishini, ularda 2023 yildagi iqtisodiy o‘qish darajasi 0,5 foiz miqdorida shakllanishini yoki bo‘lmasa, rivojlanayotgan davlatlarda oldingiga qaraganda o‘sish darajasi pasayishi kutilayotgani, ya’ni 2022 yil darajasida shakllanishi borasida o‘zining qarashlarini ifoda qilgan. Global iqtisodiy faollikdagi ma’lum pessimik elementlar bizning ham iqtisodiy faolligimizga o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi
”, — dedi u.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Nurmurodov: “Geosiyosiy vaziyatning salbiy ta’siri sababli inflyatsiya darajasi kutganimizdan yuqori shakllandi”