Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish jadallashtiriladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston Energetika vaziri J. Mirzamahmudov, “Gazprom” OAJ boshqaruv raisi A. Miller hamda Qozog‘iston Energetika vaziri B. Akchulakov ishtirokida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda O‘zbekistonga Rossiya tabiiy gazini Qozog‘iston hududi orqali yetkazib berish masalasi, xususan, uch tomonlama ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan dastlabki texnik ko‘rik natijalari, yetkazib berishning mavjud imkoniyatlari hamda yil yanvar oyida imzolangan “yo‘l xaritasi”ning ijrosi yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuv yakuni bilan uch tomonlama o‘rganishlarning keyingi bosqichini jadallashtirish hamda natijasi bo‘yicha qisqa muddatlarda uch tomonlama uchrashuvni qayta tashkil etishga kelishib olindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Gazprom” rahbari Aleksey Miller va O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamaxmudov gaz sanoati sohasida hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasini imzolangan edi.
Enegetika vazirining so‘zlariga ko‘ra, gaz quvurga kirgandan keyin hamma iste’molchilarga — aholiga ham, barcha ishlab chiqaruvchi korxonalarga ham tarqatiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi, u endi...