
Prezidentning “Tadbirkorlik subyektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Hujjat bilan tadbirkorlik subyektlari quyidagi mezonlar asosida toifalarga ajratiladi:
kichik tadbirkorlik subyektlari:
- yakka tartibdagi tadbirkorlar;
- mikrofirmalar – ta’sischilari (ishtirokchilari) jismoniy shaxslar bo‘lgan hamda jami daromadi kalendar yil davomida 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari;
- kichik korxonalar – jami daromadi kalendar yil davomida 1 mlrd so‘mdan 10 mlrd so‘mgacha bo‘lgan hamda ushbu kichik bandning uchinchi xatboshisidagi ta’sischilari (ishtirokchilari) yuridik shaxslar bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari;
- o‘rta tadbirkorlik subyektlari – jami daromadi kalendar yil davomida 10 mlrd so‘mdan 100 mlrd so‘mgacha bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari;
- yirik tadbirkorlik subyektlari – jami daromadi kalendar yil davomida 100 mlrd so‘m va undan yuqori bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar