Toshkentda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi mutasaddilari hamda Standard Chartered Bank (Buyuk Britaniya) vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2 mart, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Bankning O‘zbekistondagi joriy faoliyati va mamlakatimiz iqtisodiyotining metallurgiya, energetika va infratuzilmani rivojlantirish kabi ustuvor tarmoqlarida yangi loyihalarni amalga oshirishga uning investitsiyalarini jalb qilish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar, shuningdek, Standard Chartered Bank bankining O‘zbekiston bozorida eksportni moliyalashtirish bo‘yicha mahsulotlarini ilgari surish va milliy kapital bozorini rivojlantirishdagi ishtirokining amaliy jihatlarini ko‘rib chiqishgan.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar amaliy kelishuvlarga erishish maqsadida belgilangan o‘zaro hamkorlik formati doirasida muntazam aloqalarni davom ettirishga kelishib oldilar.
Ma’lumot uchun: Standard Chartered Bank 1969 yilda Londonda tashkil etilgan. Asosiy faoliyatini Sharqiy Osiyo va Afrika mamlakatlarida olib boradi. 2020 yil oxirida uning moliyaviy aktivlari 789,1 milliard dollarni tashkil qilgan edi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring