15:34 / 17.03.2023
225

O‘zbekiston hukumati Yaponiyadan 200 mln dollar qarz oladi

Prezident «Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ishtirokida «Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish (2-bosqich)» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

2022 yil 29 avgustda O‘zbekiston va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) o‘rtasida O‘zbekistonda «Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish (2-bosqich)» loyihasini moliyalashtirish uchun 200,0 mln AQSh dollari, jumladan kredit liniyasi uchun 15 yil muddatga, 5 yillik imtiyozli davr bilan yillik SOFR + 1,25 foiz stavkada 194,240 mln AQSh dollari; konsalting xizmatlari uchun 15 yil muddatga, 5 yillik imtiyozli davr bilan yillik SOFR + 1,25 foiz stavkada 5,760 mln AQSh dollari miqdoridagi qarz ajratilishi bo‘yicha Qarz bitimi imzolangan.

Loyihaning umumiy qiymati 323,019 mln AQSh dollariga teng, shundan 200 mln AQSh dollari Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) qarzi, 58,272 mln AQSh dollari qo‘shilgan qiymat solig‘ini qoplab berish va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berish shaklida O‘zbekistonning loyihani amalga oshirishdagi ulushi, 64,747 mln AQSh dollari loyiha ishtirokchilarining (kredit oluvchi loyiha tashabbuskorlarining) ulushidan iborat.

Loyihani amalga oshirish davri 6 yilni (2023 — 2028 yillar) tashkil etadi.

Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq:

  • loyihada ishtirok etuvchi moliya tashkilotlariga kreditlar o‘zbek so‘mida taqdim etiladi;
  • AQSh dollariga nisbatan o‘zbek so‘mining valuta kursi tebranishlari tufayli yuzaga keladigan xarajatlar O‘zbekiston respublika budjeti hisobidan qoplanadi;
  • loyiha doirasida loyiha tashabbuskorlariga milliy valutada ajratiladigan kreditlar loyiha tashabbuskorlariga Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratiladi;
  • kredit mablag‘lari loyiha tashabbuskorlariga mahsulot yetishtirish, saqlash, qadoqlash, qayta ishlash, shok usulida muzlatish, logistika (jumladan yuk tashish texnikalarini xarid qilish) va boshqa quvvatlarni yaratish, oziq-ovqat sanoati loyihalariga, shuningdek, aylanma mablag‘lar uchun ajratiladi.

Belgilanishicha, loyiha O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshiriladi. 

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi loyihaning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishi, uni muvofiqlashtirish va boshqarish, shuningdek, loyihani amalga oshirish jarayonida monitoring va hisobotni yuritish uchun mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston hukumati Yaponiyadan 200 mln dollar qarz oladi