16:35 / 18.03.2023
126

Toshkent uchun quvvati 2,4 ming MVt bo‘lgan 4 ta quyosh stansiyasi quriladi

Toshkent uchun quvvati 2,4 ming MVt bo‘lgan 4 ta quyosh stansiyasi quriladi

Bugun, 18 mart kuni bo‘lib o‘tgan «Yangi Toshkent» loyihasi qurilishiga tamal toshi qo‘yilishi marosimida ishtirok etgan davlat rahbari poytaxtning rivojlanish rejalarini belgilashda mavjud va istiqbolli energetika masalalarini hisobga olish zarurligini qayd etdi.

Ma’lum qilinishicha, poytaxtda so‘nggi 6 yilda elektr energiyasi iste’moli 30 foizga oshib, yiliga qariyb 8 milliard kilovatt-soatga yetgan.

So‘nggi yillarda poytaxt uchun eng dolzarb bo‘lgan uy-joy qurish, mahallalarni obod qilish, yangi korxonalar va ish o‘rinlarini yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.

Lekin poytaxtga elektr energiyasi Yunusobod orqali o‘tgan bitta yuqori kuchlanishli tarmoq orqali yetkazib berilmoqda. Mavjud podstansiyalar ma’nan va jismonan eskirgan. Shu bois, endi poytaxt energetika infratuzilmasini yangilash ustuvor vazifa bo‘ladi.

Shu maqsadda Toshkent shahri elektr ta’minoti tizimini tubdan o‘zgartirish bo‘yicha katta dastur qabul qilindi.

Avvalambor, poytaxt ehtiyojini ta’minlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi.

Birinchisi – Qibrayda 400 megavattli foto-elektr stansiyasini qurish boshlandi. Shuningdek, bugungi tadbirda Yuqorichirchiqda 700 megavattli, Ohangaron tumanida 1 ming megavattli hamda Bo‘kada 300 megavattli stansiyalar loyihalariga start beriladi.

Bu loyihalarga 2 milliard dollardan ziyod to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritilmoqda. Bu stansiyalar to‘liq quvvat bilan ishlay boshlagandan keyin yiliga 6 milliard kilovatt-soat kafolatlangan elektr ishlab chiqaradi.

Bu stansiyalarning elektr energiyasi qo‘shimcha 2 million aholi va 30 ming korxona talabini ta’minlashga yetarli bo‘ladi.

Shuningdek, poytaxtda elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash uchun yangi podstansiyalar quriladi va mavjudlari yangilanadi, qo‘shimcha yuqori kuchlanishli tarmoqlar quriladi, issiqlik markazlari rekonstruksiya qilinadi, kogeneratsiya texnologiyasi joriy qilinadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Toshkent uchun quvvati 2,4 ming MVt bo‘lgan 4 ta quyosh stansiyasi quriladi