11:19 / 19.03.2023
92

Jahon banki O‘zbekiston chorvachilik tarmog‘iga 240 mln dollar investitsiya kiritadi

Jahon banki O‘zbekiston chorvachilik tarmog‘iga 240 mln dollar investitsiya kiritadi

Jahon banki O‘zbekistonga chorvachilik sohasini rivojlantirish uchun 240 million dollar miqdorida sarmoya kiritadi. Bu haqda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi xabar berdi.
 
Ma’lum qilinishicha, 14—15 mart kunlari ikki tomon o‘rtasida “O‘zbekistonda chorvachilik sohasini rivojlantirish” ikkinchi bosqich loyihasi bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tgan. Unga ko‘ra, muddati 2023—2028 yillarga mo‘ljallangan loyiha doirasida mamlakat chorvachilik tarmog‘iga imtiyozli kredit mablag‘lari yo‘naltiriladi.

Xususan, loyihani amalga oshirish doirasida:

  • chorvachilik fermer va dehqon xo‘jaliklarini hamda qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash;
  • chorvachilikda barqaror ishlab chiqarish salohiyatini oshirish;
  • sohada zamonaviy texnologik ish usullarini joriy etish;
  • yangi ish o‘rinlari tashkil etish orqali qishloq aholisining turmush darajasini yaxshilash;
  • chorvachilik sektori daromadlarini oshirish ko‘zda tutilgan.

Yuqoridagi loyihani amalga oshirish mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholini sifatli, xavfsiz va hamyonbop chorvachilik mahsulotlari bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi”, — deyiladi qo‘mita xabarida.

Ta’kidlanishicha, ushbu loyiha may oyida Jahon banki direktorlar kengashi tomonidan ma’qullanishi kutilmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Jahon banki O‘zbekiston chorvachilik tarmog‘iga 240 mln dollar investitsiya kiritadi