16:42 / 03.05.2023
70

Germaniya banki O‘zbekistonda ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari uchun 200 mln yevro ajratadi

Foto: “O‘zsuvta’minot” AJ matbuot xizmati

“O‘zsuvtaʼminot” AJ Germaniyaning KfW banki bilan Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida ichimlik suvi taʼminoti hamda oqova suv xizmatlarini ko‘rsatish sohasini yaxshilash uchun jami 200 million yevrolik hujjatlarni imzoladi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, 130 million yevro kredit va 70 million yevro grant mablag‘larini jalb etish bo‘yicha anglashuv memorandumi, “Yo‘l xaritasi” va Grant bitimi imzolangan.

Bunda:

  • 126 million yevro — Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarining ichimlik suvi va oqova suv tizimlarini rivojlantirish;
  • 34 million yevro — Termiz shahri oqova suv tizimini yaxshilash;
  • 30 million yevro — Surxondaryo viloyatining tuman markazlarida oqova suv tizimini qurish;
  • 10 million yevro — KfW bankning O‘zbekistondagi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltiriladi.

Shuningdek, Aqua Sonsult Ingeniyeur GmbH kompaniyasi bilan “Samarqand viloyatining 6 ta tuman markazlari va shaharchalarida oqova suv tizimlarini qurish” loyihasini hamkorlikda amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi anglashuv memorandumi imzolangan.

German Vater Partnership kompaniyasi bilan esa o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan anglashuv memorandumi imzolangan. Mazkur memorandumga ko‘ra sohada joriy etilgan suv va elektr energiyasini tejovchi yangi innovatsion texnologiyalar asosida boshqaruv samaradorligini oshirish, suv yo‘qotishlari hamda elektr energiya xarajatini kamida 3-4 barobar kamaytirishga erishilishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, Atrof muhit federal agentligi (UBA) bilan hamkorlikda soha mutaxassislarini tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha har yili Germaniyada o‘rta muddatli taʼlim olish kurslari va amaliyot o‘tashi bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Aprel oxirlarida Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umurzoqov va Abu Dhabi Sewerage Services Company (ADSS) mutasaddilari oqava suvlarni to‘plash va tozalash maqsadida quriladigan yangi inshoot masalasini muhokama qilgandi. 2 bosqichli loyiha sutkasiga 1,5 million metr kub chiqindilarni to‘plash hamda tozalash imkonini beradi. Shuningdek, O‘zbekistonda ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimini raqamlashtirishda geoaxborot va SCADA tezkor dispetcherlik boshqaruv tizimlari joriy qilinadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Germaniya banki O‘zbekistonda ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari uchun 200 mln yevro ajratadi