17:45 / 04.05.2023
163

Markaziy bank P2P nazoratiga qarshi ekanini ma’lum qildi

Markaziy bank P2P nazoratiga qarshi ekanini ma’lum qildi
O‘zbekiston Markaziy banki hukumatning bank kartalari o‘rtasidagi pul o‘tkazmalaridan xabardor bo‘lib turishga intilishini qo‘llab-quvvatlamaydi. Bu haqda regulyator rahbari Mamarizo Nurmurodov 4 may kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida Kun.uz muxbirining savoliga javoban ma’lum qildi.
 
Biz o‘zimizning fikrimizni matbuot orqali yetkazmaganimizni Markaziy bank o‘z fikrini bildirmagan deb baholamaslik kerak. Biz bu farmon chiqqanidan keyin o‘zimizning salbiy munosabatimizni Soliq qo‘mitasiga, Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yetkazganmiz.
 
Bizning qarashlarimiz OAVda muhokama qilinganidan ko‘ra qat’iyroq. Va biz buni yetkazganmiz.
 
Buning asosiy tub maqsadi nima ekani haqida haligacha ma’lumot olganimiz yo‘q. Bu narsa 1 maydan qo‘llanilmaydi. Eng asosiysi, siz aytib o‘tgan konstitutsion norma, bank qonunchiligidagi daxlsizlik normalari bo‘yicha tamoyillar to‘liq bajarilmaydigan bo‘lsa, buni amalda qo‘llash bo‘yicha nizomlar va boshqa qarashlar Markaziy bank tomonidan ma’qullanmaydi. Chunki bu narsa Markaziy bank bilan kelishilgan nizom yoki ko‘rsatmadan so‘ng amalga oshishi kerak”, – dedi Nurmurodov.
 
MB raisiga ko‘ra, banklardan ma’lumot so‘rash uchun ma’lum bir tartib, nizom bo‘lishi kerak, bu nizom Markaziy bank bilan kelishilmasdan banklarga yetkazilmaydi.
 
Konstitutsiyadagi normalar va bank qonunida belgilangan bank siri to‘g‘risidagi normalarning bajarilishi to‘liq ta’minlanmaguncha, bu narsaga ruxsat bermaymiz”, – dedi monetar siyosat organi rahbari.
 
Eslatib o‘tamiz, Iqtisodiyot va moliya vazirligi banklar va to‘lov tashkilotlaridan kartadan kartaga pul o‘tkazmalari uchun hisobvaraq-faktura rasmiylashtirish va buni soliq organlariga uzatib turishni talab qilmoqda. Vazirlikning bu talabi 1 maydan kuchga kirishi ko‘zda tutilgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Markaziy bank P2P nazoratiga qarshi ekanini ma’lum qildi