87
Saudiyaning 100 nafar yetakchi tadbirkorlari biznes-missiya bilan O‘zbekistonga keladi
Foto: Dunyo
O‘zbekiston elchisi Ulug‘bek Maqsudov Ar-Riyod Savdo-sanoat palatasi Xalqaro hamkorlik departamenti bosh direktori Mansur al-Ajmi bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi savdo aylanmasi hajmini oshirish va ushbu mamlakat ishbilarmon doira vakillari biznes-missiyasini O‘zbekistonga tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Mansur al-Ajmi Ar-Riyod Savdo-sanoat palatasi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada yuksaltirish bo‘yicha barcha sa’y-harakatlarni safarbar etishga tayyorligini ma’lum qildi. Saudiya vakilining aytishicha, Palata barcha yo‘nalishlar bo‘yicha biznesmenlarni jamlab, xorijiy davlatlarga tashriflarni tashkil etish orqali o‘zaro savdo hajmlarini oshirishga ko‘maklashadi.
O‘zbekiston rasmiy vakili Ulug‘bek Maqsudov o‘zaro savdo aylanmasi hajmini oshirish hamda Saudiya Arabistoni sarmoyalarini O‘zbekistondagi loyihalarga jalb etish maqsadida ushbu mamlakat ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiyani O‘zbekistonga biznes missiyasini tashkil etish taklifini bildirdi.
Ar-Riyod Savdo-sanoat palatasi vakili ushbu tashabbusni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini va joriy yilda muhim yo‘nalishlar bo‘yicha 100 nafar ishbilarmon, investitsiya va savdo vazirliklari hamda moliyaviy jamg‘armalar vakillaridan iborat delegatsiyani O‘zbekistonga tashrifi amalga oshirilishini ma’lum qildi.
Uchrashuv yakunida, tomonlar qishloq xo‘jaligi, turizm, to‘qimachilik, tog‘-kon, sog‘liqni saqlash, chorvachilik, bog‘dorchilik va savdo-sotiq kabi ustuvor yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada jadallashtirish yuzasidan kelishib oldilar.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?