2022 yilda 26 ta bankdan 3,8 mlrd so‘m miqdorida jarimalar undirilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilda tijorat banklarida 19 ta va mikromoliya tashkilotlarida 9 ta tematik inspeksiyalar o‘tkazilgan.
Tekshiruvlar davomida qariyb 39 mingta mijozning jami 37 trln so‘mlik kreditlari yoki ushbu banklar jami kredit portfelining 58 foizi qamrab olingan.
Tekshirish natijalari asosida kapital va likvidlilik me’yorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni haqqoniy aks ettirmagan banklarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan. Qonun hujjatlarida belgilangan talablarni buzgan banklarga nisbatan ayrim operatsiyalarini to‘xtatish, jarima sanksiyalari va boshqa ta’sirchan choralar qo‘llanilgan.
Jumladan, bank qonunchiligi talablarini buzganligi uchun 26 ta bankka nisbatan 56 ta holat bo‘yicha jami 3,8 mlrd so‘m miqdorida jarimalar undirildi.
Bank qonunchiligida belgilangan talablarni bajarmaganligi uchun Hi-Tech Bank va “Turkiston” xususiy aksiyadorlik tijorat banklarining bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalari chaqirib olindi va bank omonatchilarining mablag‘larini to‘liq to‘lab berilishi ta’minlandi.
“Turkiston” xususiy aksiyadorlik tijorat banki omonatchilari mablag‘larini 251 mlrd so‘mi Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash jamg‘armasi hisobidan qoplab berildi.
Geosiyosiy keskinlashuvlar natijasida iqtisodiy sanksiyalar va eksportga taqiqlar bilan bog‘liq xatarlarni iqtisodiyotga salbiy ta’sirlarini minimallashtirish, komplayens-nazorat tizimini takomillashtirish borasida ham tegishli ishlar amalga oshirildi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?