09:30 / 22.06.2023
692

Yurtimizda bu yil bug‘doy yili bo‘ldi

Yurtimizda bu yil bug‘doy yili bo‘ldi
Respublikaning sug‘oriladigan yer maydonlarida kuzgi bug‘doy hosili joriy yil favqulodda serhosil bo‘ldi. Kanalda berilgan savolga javoblardan shu to‘xtamga kelish mumkin.
 
To‘g‘ri, suv yetishmovchiligi bilan bog‘liq Qashqadaryo, Buxoro, Xorazm viloyati aksar sug‘oriladigan yer maydonlarida g‘alla hosili ko‘ngildagidek emas. Ammo, boshqa hududlar, xususan, vodiy, janub Surxondaryo, Mirzacho‘l, Chirchiq-Ohangaron havzasi yer maydonlarida don hosili keskin ko‘payib ketdi. Vodiyda dehqonlar 80-90 s/ga hosildorlikni guvohi bo‘lmoqda.
 
Bunga sabab etib asosan qish chillasidagi anomal sovuq va bug‘doy zang kasalliklarini "chaqirmaydigan" yog‘insiz barqaror isib borgan bahor mavsumini keltirib o‘tish mumkin. Va albatta bug‘doy navlari ustida o‘tkazilgan seleksiya yutuqlari hamda sug‘orishni ma’romiga yetkazib bajarish ishlarini ta’kidlash ham kerak.
 
Adashmasam, 2022-2023 yil kuz-qish hamda bahor mavsumi bug‘doy vegetatsiyasi uchun ilmiy qoidalardagi komfort iqlimiy muhitni tuhfa etdi. Bizning mintaqada o‘rik va bug‘doy hosili bir mavsumda yuqori kuzatilgan kamdan kam davrdan birini ulashdi. Chunki, xalqimiz orasida "bug‘doy yaxshi bo‘lsa, o‘rik, o‘rik yaxshi bo‘lsa bug‘doy yaxshi bo‘lmaydi",  degan naql yuradi.
 
Qish chillasidagi sovuq anomaliyasi to‘satdan tabiatni qayta kashf etdi. Zararkunandalarsiz  va haroratning bir maromda isib borishi (keskin sovuq oqimning kirib kelmasligi) juda ko‘p qishloq xo‘jalik mahsulotlarida yaxshi hosildorlikni ulashdi.
 
Eslab qolamiz, La-Ninoning so‘nggi bosqichi aynan bahor mavsumiga to‘g‘ri kelishi bizda shu kabi manzaralarni hosil qilishi mumkin ekan. Va albatta, aynan qish chillasida bitta anomal sovuq omili bilan birgalikda kuzatilishi.
 
Ammo, shunga qaramay, qurg‘oqchilik va kam yog‘in issiq bahor mavsumi lalmi yer maydonlaridagi g‘alla hosilini keskin kamaytirib yubordi.
 
Erkin Abdulahatov

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Yurtimizda bu yil bug‘doy yili bo‘ldi