O‘zbekiston hamda Qatar hukumatlari o‘rtasida imzolangan bitimlar tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarorlari qabul qilindi.
Qarorlar bilan O‘zbekiston hamda Qatar hukumatlari o‘rtasida quyidagi bitimlar tasdiqlandi:
- investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risidagi;
- daromad soliqlari bo‘yicha ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf qilish hamda soliqlarni to‘lashdan bosh tortish va bo‘yin tovlashning oldini olish to‘g‘risidagi.
Mazkur bitimlar 2023 yil 6 iyunda Samarqand shahrida imzolangan.
Shunga ko‘ra, tegishlicha Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Soliq qo‘mitasi xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organlar etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boringCtrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina bir qator shaxslarga berilgan davlat mukofotlarini bekor qildi
Ilon Mask: Yevropa o‘lmoqda!
Mayk Tayson yangi rekord bilan boks tarixiga kirdi