10:43 / 27.10.2023
55

O‘zbekiston va Yevrokomissiya qishloq xo‘jaligi bo‘yicha moliyaviy bitimni imzoladi

O‘zbekiston va Yevrokomissiya qishloq xo‘jaligi bo‘yicha moliyaviy bitimni imzoladi

Foto: Telegram / Baxtiyor Saidov

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Bryussel shahrida Yevrokomissiya raisi o‘rinbosari Valdis Dombrovskis bilan uchrashdi. Bu haqda TIV rahbari o‘zining Telegram kanali orqali ma’lum qildi.

“Yevrokomissiya raisi o‘rinbosari Valdis Dombrovskis janoblari bilan uchrashdik. Muloqotimiz chog‘ida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi, ayniqsa, iqtisodiy yo‘nalishda tobora mustahkamlanib borayotgan hamkorlikning keng kun tartibini ko‘rib chiqdik”, — deb yozadi vazir.

Qayd etilishicha, o‘zaro savdoni yanada rivojlantirish, Yevropa bozoriga eksport ko‘rsatkichlarini oshirish, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash, muhim xom ashyolar bo‘yicha hamkorlik qilish muhokamamizning asosiy mavzularidan bo‘lgan. Shuningdek, tomonlar qishloq xo‘jaligida loyiha amalga oshirish bo‘yicha Moliyaviy bitimni ham imzolagan.

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov “Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo” 19-vazirlar yig‘ilishida ishtirok etish uchun Luksemburgga borgan. Yig‘ilishda vazirlar keng qamrovli hamkorlik natijasida erishilgan yutuqlarni sarhisob qildi va kelgusi yil uchun asosiy ustuvor vazifalarni belgilab oldi.

O‘zbekiston TIV rahbari tashrif davomida Yevropa Ittifoqining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha komissari Yutta Urpilaynen bilan ham uchrashdi, Avstriya Yevropa va tashqi ishlar federal vaziri Aleksandr Shallenberg bilan O‘zbekiston—Avstriya ikki tomonlama munosabatlarini muhokama qildi, Ruminiya tashqi ishlar vaziri Luminita Odobesku bilan mamlakatlari ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishni ko‘rib chiqdi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston va Yevrokomissiya qishloq xo‘jaligi bo‘yicha moliyaviy bitimni imzoladi