Toshkent viloyati bo‘yichi jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig‘i to‘lovchilari 555,9 ming nafarni, mol-mulk solig‘i to‘lovchilari soni esa 638,9 ming nafarni tashkil etadi.
Joriy yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer solig‘i summasi 454,1 milliard so‘m bo‘lib, 2023-yilning 17-noyabr holatiga 369,1 milliard so‘m mol-mulk va yer soliqlari undirilgan.
Hududlar bo‘yicha, hisoblangan soliqlarning undiruvchaklik ko‘rsatkichi Bekobod shahrida 8,5 milliard so‘mdan 8,0 milliard so‘m (94,5 foiz), Olmaliq shaharda 15,8 milliard so‘mdan 14,7 milliard so‘m (93,5 foiz), Ohangaron shaharda 5,5 milliard so‘mdan 5,0 milliard so‘m (91,2 foiz), Bo‘stonliq tumanida 33,6 milliard so‘mdan 30,4 milliard so‘m (90,5 foiz), Zangiota tumanida 41,3 milliard so‘mdan 37,1 milliard so‘m (89,7 foiz) undirishga erishilgan.
Afsuski, viloyatimizning boshqa hududlaridagi mol-mulk va yer solig‘i to‘lovlarini to‘lash majburiyatiga ega soliq to‘lovchilarda ana shunday faollik sezilmayapti.
Tahlilarga ko‘ra, viloyat bo‘yicha bugungi kunda jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha 197,4 milliard so‘m to‘lanmay qolgan soliq qarzdorliklari mavjud.
Xususan,tuman va shaharlar kesimida, Yangiyo‘l tumanida 17,2 milliard so‘m, Toshkent tumanida 13,4 milliard so‘m, Qibray tumanida 13,5 milliard so‘m, Ohangaron tumanida 13,2 milliard so‘m, Bekobod tumanida 12,6 milliard so‘m, Bo‘ka tumanida 12,2 milliard so‘mni tashkil etadi.
Ta’kidlash joizki, 59,9 milliard so‘m soliq qarzdorligi mavjud jismoniy shaxslarning 76,3 ming nafari korxona va tashkilotlarda ishlovchilar hisoblanib, shundan budjet tashkilotlarida 27,6 nafar jismoniy shaxslarning 16,1 milliard so‘m qazdorliklar mavjud.
Hurmatli soliq to‘lovchilar! Unutmang! Siz va biz to‘layotgan soliqlar mahalliy budjet daromadlarini to‘ldirib, shahar va tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, uy-joy kommunal xo‘jalik obyektlarini ta’mirlash va aholining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga sarflanadi.
Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring