Rossiya O‘zbekistonga qishloq xo‘jaligi uchun innovatsion texnologiyalarni taqdim etadi

1 daqiqa o'qish206
Rossiya O‘zbekistonga qishloq xo‘jaligi uchun innovatsion texnologiyalarni taqdim etadi

Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonga qishloq xo‘jaligi uchun innovatsion texnologiyalarni taqdim etadi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Savdo vakolatxonasi matbuot xizmati xabar berdi.

Rossiyaning O‘zbekistondagi Savdo vakolatxonasida Rossiyaning “XimAgro” kompaniyasi direktori Roman Yatsumira ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda kompaniyaning O‘zbekistondagi faoliyati muhokama qilindi.

Rossiya O‘zbekistonga qishloq xo‘jaligi uchun innovatsion texnologiyalarni taqdim etadi
Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonga qishloq xo‘jaligi uchun innovatsion texnologiyalarni taqdim etadi.
Korxona o‘simliklarni bargidan oziqlantirish uchun innovatsion o‘g‘itlar ishlab chiqaradi. Bugungi kunga qadar u O‘zbekistonda o‘z tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazgan va uning hududida korxona ochish ustida ishlamoqda.

"Tomonlar kompaniyaning respublika bozoridagi faoliyati istiqbollarini, shuningdek, Savdo missiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi mumkin bo‘lgan chora-tadbirlarni muhokama qilishdi”, — deyiladi xabarda.

Ko‘rgazma va yarmarkalar doirasida kompaniya taqdimotiga alohida e’tibor qaratildi. Joriy yilning 22 noyabr kuni boshlangan “UzAgroExro 2023” xalqaro ko‘rgazmasi shular jumlasidandir.

Ma’lumot uchun, bargdan oziqlantirish - ildiz tizimining samarasiz ishlashi tufayli yuzaga keladigan ozuqa moddalarining yetishmasligini qoplash usuli. O‘g‘it yordamida ko‘chatlar normal rivojlanish uchun kerakli miqdordagi ozuqa va elementlarni oladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?