Dengizdan chiqarilgan ulkan akula videosi hammani hayratga soldi

1 daqiqa o'qish0
Dengizdan chiqarilgan ulkan akula videosi hammani hayratga soldi

Indoneziyaning Lombok orolida baliqchilar dengizdan ulkan akula qoldiqlarini sohilga olib chiqdi. G‘ayrioddiy topilma mahalliy aholi va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini hayratda qoldirdi. Jonivorni sohilga tashish uchun to‘rt nafar erkak uni ikkita daraxt tanasiga bog‘lab ko‘tarishga majbur bo‘lgan.

Voqea aks etgan video 17 noyabr kuni dengiz jonivorlarini muhofaza qilish bilan shug‘ullanuvchi Project Hiu tashkiloti tomonidan e’lon qilindi. Tashkilot akulalarni ovlaydigan baliqchilarga ekoturizm sohasiga o‘tish va muqobil daromad manbalarini topishda yordam beradi.

Dastlab ayrim internet foydalanuvchilari videoni sun’iy intellekt yordamida yaratilgan deb hisobladi. Biroq tashkilot bu gumonlarni rad etib, tasvirlar haqiqiy ekanini tasdiqladi.

Ma’lum bo‘lishicha, videoda tumshuqburun olti jabrali akula tasvirlangan. Ularning uzunligi 4,6 metrdan, vazni esa 900 kilogrammdan oshishi mumkin.

Ikki kishi qirg‘oq bo‘yida katta akula kallasini bambuk tayoqlarda ko‘tarib bormoqda.

Project Hiu vakillari ushbu jonivorlarning hayot tarzi haqida ham ma’lumot berdi. Kuzatuv tadqiqotlariga ko‘ra, bunday akulalar kunduzi dengiz sathidan taxminan 450 metr chuqurlikda harakatlanadi, tunda esa 200 metr atrofiga ko‘tariladi. Olimlar bu jarayonni «sutkalik vertikal migratsiya» deb ataydi.

Tashkilot vakili olti jabrali akulalarni qadimiy va o‘ziga xos dengiz jonivorlari sifatida ta’riflab, baliqchilar uchun muqobil daromad manbalarini yaratish orqali ularni muhofaza qilish mumkinligini ta’kidladi.

G‘ayrioddiy topilma aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, tomoshabinlarni hayratga soldi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?