23:04 / 12.12.2023
108

491 ta xo‘jalik subektlariga nisbatan 49,9 mlrd. so‘mlik moliyaviy jarimalar qo‘llanildi

491 ta xo‘jalik subektlariga nisbatan 49,9 mlrd. so‘mlik moliyaviy jarimalar qo‘llanildi

Alkogol va tamaki mahsulotlari realizatsiyasi bilan shug‘ullanuvchilarda o‘tkazilayotgan soliq nazorati tadbirlari to‘g‘risida Soliq qo‘mitasi quyidagilarni ma’lum qiladi:

O‘zbekiston Respublikasida 2021-yil 1-yanvardan alkogol va tamaki mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash joriy etilgan.

2022-yil 13-iyungacha (1 yilu 6 oy ) alkogol va tamaki mahsulotlari sotuvchilariga markirovkalanmagan mahsulotlarni savdodan olib tashlash imkoniyati berildi.

Shunga qaramay, soliq organlari tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida o‘tkazilgan tekshirishlar davomida alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi qoidalarini ko‘p miqdorda buzish holatlari aniqlandi.

Xususan, faqat joriy yilning oktabr-dekabr oylari davomida raqamli markirovkalanmagan 1,9 mlrd so‘mlik 168,7 ming dona alkogol va 0,9 mlrd so‘mlik 81,4 ming dona tamaki mahsulotlari olib qo‘yildi.

Raqamli markirovkalarning yo‘qligi bir qator salbiy oqibatlarga olib keladi:

Birinchidan, tovarning kelib chiqish manbasini aniqlab bo‘lmaydi, bu esa sog‘liqqa jiddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan kontrafakt va qalbaki mahsulotlarni aholiga sotish xavfini sezilarli darajada oshiradi.

Ikkinchidan, markirovkalanmagan mahsulotlar savdosi natijasida majburiy bo‘lgan soliqlar va yig‘imlarning to‘lanmay qolishi Davlat budjetiga zarar keltiradi.

Uchinchidan, “uddaburon” tadbirkorlar tomonidan alkogol va tamaki mahsulotlarining soliq va yig‘imlar to‘lanmagan holda realizatsiya qilinishi intizomli tadbirkorlar uchun raqobat maydonida tengsizlikni keltirib chiqaradi.

Soliq organlari tomonidan kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasining oldini olish, davlat budjeti tushumlarini o‘z vaqtida va to‘liq ta’minlash, shuningdek, iste’molchilar va tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish maqsadida murojaatlar asosida alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish bilan shug‘ullanuvchi 572 ta subyektda tekshiruvlar o‘tkazildi.

Natijada qonun buzilishlarga yo‘l qo‘ygan 491 ta xo‘jalik subyektlariga nisbatan Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasiga muvofiq 49,9 mlrd so‘mlik moliyaviy jarimalar qo‘llanildi. 4 ta holatda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Amalga oshirilgan chora-tadbirlar alkogolli mahsulotlarni sotishdan budjetga undiriladigan soliq tushumlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, noyabr oyida o‘tgan 10 oydagi soliq tushumlariga nisbatan 189 foizga oshgan (134 mlrd so‘mga nisbatan 252 mlrd so‘m).

Joriy yilda alkogol va tamaki mahsulotlari aksiz solig‘i bo‘yicha Davlat budjetiga tushumlarning umumiy prognozi 4,4 trln so‘m.

Soliq qo‘mitasi sotuvchilarni Soliq kodeksining 227 prim 1- moddasida nazarda tutilgan jazo choralarini (oxirgi hisobot choragidagi sof tushum miqdorida) hisobga olishga, alkogol va tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilishning qonuniy tartibini buzmaslikka chaqiradi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » 491 ta xo‘jalik subektlariga nisbatan 49,9 mlrd. so‘mlik moliyaviy jarimalar qo‘llanildi