12:50 / 02.01.2024
366

AI-80 rusumli avtobenzinning narxi to‘g‘risida rasmiy axborot berildi

AI-80 rusumli avtobenzinning narxi to‘g‘risida rasmiy axborot berildi

Kuni kecha AI-80 rusumli yoqilg‘ining narxi oshgani to‘g‘risida xabarlar paydo bo‘lgan edi. «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan berilgan rasmiy ma’lumotda aytilishicha, 2023 yil 31 dekabriga qadar amalda bo‘lib kelgan aksiz solig‘i bilan bog‘liq imtiyoz yakuniga yetgani bois, narxda o‘zgarish bo‘lgan.

«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 12 dekabrdagi «Kuz-qish mavsumida iste’molchilarni avtobenzin mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash va ularning narxlari keskin oshishining oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-440-son va 2023 yil 23 fevraldagi «Iste’molchilarni avtobenzin mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlashda qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-80-sonli qarorlar asosida 2023 yil 1 martdan 2023 yil 31 dekabrga qadar import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va tadbirkorlik subyektlari tomonidan yakuniy iste’molchilarga sotiladigan AI-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uchun, istisno tariqasida, aksiz solig‘i «nol» stavka qo‘llanilgan. Shundan kelib chiqib, AI-80 rusumli avtobenzinning chakana narxlari 1 litr uchun 6 050 so‘m etib belgilangan edi.

2024 yil 1 yanvar kunidan boshlab «O‘zbekneftgaz» AJ tasarrufidagi hamda «UNG Petro» MCHJning AYOQSHlarida AI-80 rusumidagi avtobenzinning chakana narxi 1 litr uchun 6 800 so‘m etib belgilandi.

Ma’lumot uchun: import qilinadigan va mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan avtobenzinning aksiz soliq stavkasi 1 tonna uchun 303 ming so‘m va yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilinadigan avtobenzinning soliq stavkasi 1 tonna uchun 565 ming so‘m yoki bir litr uchun 425 so‘m», – deyiladi «O‘zbekneftgaz» AJ Axborot xizmati tomonidan berilgan ma’lumotda.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » AI-80 rusumli avtobenzinning narxi to‘g‘risida rasmiy axborot berildi