1 foiz keshbek olishda chegaraviy miqdor o‘rnatildi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Prezidentning joriy yil 10 yanvardagi PQ-13-son qarori bilan bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.
Jumladan, 2024 yil 1 yanvardan xarid summasidan 1 foiz keshbek olishda oylik xarid summasiga chegaraviy miqdor (BHMning 60 baravari) o‘rnatildi.
Ya’ni, endi xaridorlar 1 yanvardan oyiga eng ko‘pi bilan BHMning 60 baravari (ayni kundagi miqdor – 20,4 mln so‘m)gacha bo‘lgan xarid summasidan keshbek olishlari mumkin.
Korporativ kartalar orqali sotib olinadigan tovarlar uchun esa keshbek berish bekor qilindi.