164
O‘zbek so‘mi dollarga nisbatan sezilarli darajada pasaygan valyutalar qatoridan joy oldi
O‘zbek so‘mi so‘nggi o‘n yil ichida AQSH dollariga nisbatan eng qadrsizlangan milliy valyutalar ro‘yxatida 8-o‘rinni egalladi. Reyting Creative Planning kapital boshqaruv kompaniyasi tomonidan tuzilgan.
Qayd qilinishicha, so‘nggi 10 yil ichida o‘zbek so‘mi dollarga nisbatan 82,3 foizga zaiflashgan, bu postsovet mamlakatlari valyutalari orasida eng yomon ko‘rsatkich hisoblanadi. Shuningdek, Ukraina grivnasi 77,5 foizga, qozoq tengesi 65,4 foizga, Rossiya rubli 61,3 foizga, tojik somoniysi 56,3 foizga, qirg‘iz so‘mi 43,3 foizga arzonlashgan.
Markaziy Osiyodagi eng barqaror valyuta turkman manati bo‘ldi, u atigi 18,4 foizga arzonladi.
Arman drami va Shveysariya franki so‘nggi o‘n yil davomida dollarga nisbatan narxi ko‘tarilgan yagona ikkita valyutadir - mos ravishda +1,1 foiz va 3,1 foiz.
Eng qadrsizlangan valyuta Venesuela bolivari bo‘lib, uning o‘n yil ichida pasayishi deyarli 100 foizni tashkil etdi. Shuningdek, eng ko‘p zaiflashgan valyutalar qatoridan Suriya funti (-99,1 foiz), Argentina pesosi (-99,1 foiz), turk lirasi (-92,3 foiz) va Surinam dollari (-91,2 foiz) ham joy olgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
AQSH Adliya vazirligi Google'dan Chrome'ni sotishni talab qiladi
Tramp g‘alabasidan keyin Qo‘shma Shtatlarni butunlay tark etishni rejalashtirayotgan Gollivud yulduzlari
“Diabet — hayot tarzi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi