143
Prezident Xorazm viloyatida rejalashtirilgan investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi
Qayd qilinishicha, viloyatda chet ellik investorlar bilan hamkorlikda mashinasozlik, shaharsozlik, kimyo, to‘qimachilik, qurilish materiallari, tibbiyot, oziq-ovqat kabi muhim tarmoqlarda o‘nlab loyihalar ishlab chiqilmoqda. Taqdimotda umumiy qiymati 660 million dollardan ziyod 18 ta loyiha haqida axborot berildi.
Xususan, yuk elektromobillari, akkumulatorlar uchun nikel sulfat, arxitektura oynalari, shisha idishlar, qurilish materiallari, lak-bo‘yoqlar va mato ishlab chiqarish, mehmonxona, shifoxona, ko‘ngilochar maskanlar va yo‘llar qurish, ekoturizmni va baliqchilikni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.
Davlat rahbari ularning tashabbuskorlari bo‘lgan chet ellik investorlar va mahalliy tadbirkorlar bilan suhbatlashdi. Loyihalarning iqtisodiy samaradorligi haqida fikr almashilib, ularni jadallashtirish, tadbirkorlarga qo‘shimcha sharoit yaratish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev «Xiva klaster» mas’uliyati cheklangan jamiyatining to‘qimachilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
«Xiva klaster» Xiva tumanida joylashgan bo‘lib, Turkiya, Germaniya va Xitoydan keltirilgan uskunalar o‘rnatilgan. O‘tgan yil noyabrda ishga tushirilgan korxonada 500 kishining bandligi ta’minlangan.
Korxona yiliga 7 ming tonna ip-kalava, 4 ming tonna trikotaj mato, 10 million dona tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatga ega. Eng muhimi, ularning sifati xalqaro standartlarga javob beradi. Shu bois ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar to‘liq eksportga yo‘naltiriladi. Korxonanning yillik eksport salohiyati 15 million dollar atrofida.
Davlat rahbari bu yerdagi ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirdi, tikuvchi xotin-qizlar bilan suhbatlashdi.
Umuman, klaster tomonidan 2018-2023 yillarda 105 million dollarlik loyihalar amalga oshirilib, yillik 50 million dollarlik eksport quvvati yaratilgan. Klaster jami 800 dan ortiq yigit-qiz ishlamoqda. Jumladan, hozir boshqa korxonalar bilan hamkorlikda yog‘, sovun, tuxum, sut mahsulotlari, poyabzallar kabi 20 ga yaqin tovarlar ishlab chiqarilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”