85
O‘zbekiston va Qozog‘iston qo‘shma loyihalar bo‘yicha muammolarni birga hal etish mexanizmini ishlab chiqdi
Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov hamda Qozog‘iston savdo va integratsiya vaziri Arman Shakkaliyev o‘rtasida onlayn-formatda muzokaralar o‘tkazdi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri ma’lumotlariga ko‘ra, vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokidagi muzokaralar doirasida oliy darajadagi tashrif yakunlari bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirish ishlari batafsil ko‘rib chiqildi, jumladan, investitsiya va savdo shartnomalari ijrosi hamda ikki tomonlama kun tartibidagi boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Kimyo, elektrotexnika, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar hamda mavjud muammolarni birgalikda hal etish mexanizmlari ishlab chiqildi.
Muzokaralar yakuni bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni jadal amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan masalalarga tezkorlik bilan munosabat bildirish maqsadida vazirlik va idoralarning mas’ul rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi, amalga oshirish muddatlari belgilandi, shu kabi ishchi uchrashuvlarni o‘tkazish amaliyoti kelishib olindi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi