104
Iqtisodiy kompleks tashkilotlari rahbarlari har bir mahallada odamlar daromadini oshirishga ko‘maklashadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 7 mart kuni mahallalarda aholi daromadini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
Qayd qilinishicha, bu yil 5 million aholining bandligini ta’minlash, 2 million kishini tadbirkorlikka jalb etish maqsad qilingan. Xususan, bu maqsadlarga 16 trillion so‘m ajratilgan. Shuningdek, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Mahallabay ishlash agentligi, Fermerlar kengashi jamg‘armalari tomonidan 1,4 trillion so‘m yo‘naltiriladi. Endi asosiy vazifa – bu imkoniyatlarni joylarda samarali ishlatib, aholiga daromad manbai yaratib berishdir.
Prezident topshirig‘iga muvofiq, Jizzax viloyatining G‘allaorol va Sharof Rashidov tumanlari misolida bu borada tez natija beradigan yangi mexanizmlar ishlab chiqilmoqda. Kelgusida bu tizim barcha hududlarda joriy etiladi.
Yig‘ilishda bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov mazkur tumanlardagi yangi imkoniyatlar va ularni ishga solish bo‘yicha takliflarni bayon etdi. Unga ko‘ra, har bir mahallaga iqtisodiy kompleks tashkilotlari rahbarlari biriktiriladi. Ular o‘zi mas’ul bo‘lgan mahalladagi kambag‘al oilalar bilan manzilli ishlab, odamlarning daromadini oshirishga ko‘maklashadi. Arzon kreditlar, subsidiya va imtiyozli resurslar, eng avvalo, aholini kambag‘allikdan chiqarishga yo‘naltiriladi. Yashirin biznes qonuniylashtirilib, rasmiy ish o‘rni ko‘paytiriladi.
Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi ham, mahallaga mas’ullar bilan birga, aholi xonadonlarida serdaromad ekin ekishni tashkil qiladi.
Yig‘ilishda yangi uskunalar va bozor talablarini mahallalarga yetkazish orqali aholiga daromadni oshirishni o‘rgatish zarurligi ta’kidlandi. Vazirlar va hokimlarning ham fikrlari eshitildi. Viloyat hokimlariga rivojlanishdan orqada qolayotgan tumanlarda shu kabi ishlarni tashkil etib, namuna qilish, har bir mahalla kesimida ishsizlikni kamaytirish choralarini ko‘rish topshirildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi