17:35 / 17.03.2024
100

Xalqaro moliya bozori sharhi: dollar mustahkamlandi, neft narxi qimmatlashdi

Xalqaro moliya bozori sharhi: dollar mustahkamlandi, neft narxi qimmatlashdi
Jahon moliya bozori navbatdagi qaynoq haftani muvaffaqiyatli yakunladi. So‘nggi hafta muhim makroiqtisodiy voqealarga boy bo‘ldi. Xususan, AQSHda fevral oyi uchun inflyatsiya ma’lumotlari e’lon qilindi. Bu ko‘rsatkich, prognozlardan 0,1 foizga balandroq shakllanib, 3,8 foizni tashkil etdi. Fevral oyidagi ko‘rsatkich avvalgisiga olib qaraganda pasaygan bo‘lsa-da, inflyatsiya so‘nggi 3 oydan beri prognozga nisbatan yomonroq natija qayd etishi ba’zi tahlilchilarda xavotir uyg‘otmoqda.

Jahon Insights kanali ekspertlari 11 martdan 15 martgacha bo‘lgan davrda xalqaro moliya bozorida sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni tahlil qilib chiqdi.

AQSH top fond bozorlari indeksi:
- S&P500 – 5117,1 (hafta boshidan -0,13 foiz, yil boshidan +7,28 foiz);
- NASDAQ – 17808,2 (hafta boshidan -1,17 foiz, yil boshidan +5,84 foiz);
- DJI – 38714,7 (hafta boshidan -0,02 foiz, yil boshidan +2,72 foiz).

AQSH fond indekslari makro ko‘rsatkichlar ta’sirida so‘nggi hafta korreksiya sur’atini taqdim etdi. Xususan, 500 ta eng yirik kompaniyalardan tarkib topgan S&P500 indeksi 7 punktga, NASDAQ indeksi 210 punktga, Dow Jones indeksi esa 8 punktga qisqardi.

Asosiy qimmatbaho metallar:
- Oltin – 2155 dollar (hafta boshidan -1,07 foiz, yil boshidan +4,51 foiz);
- Kumush – 25,1 dollar (hafta boshidan +3,61 foiz, yil boshidan +6,07 foiz);
- Alyuminiy – 2270 dollar (hafta boshidan +1,84 foiz, yil boshidan -4,65 foiz);
- Mis – 4,1 dollar (hafta boshidan +5,95 foiz, yil boshidan +5,89 foiz).

P.S: yuqorida qimmatbaho metallarning 1 unsiyasi narxi ko‘rsatilgan.

Aksariyat qimmatbaho metallar hafta davomida o‘sish sur’atini taqdim etdi. Alyuminiy, kumush va mis mos ravishda 41 dollar, 88 sent va 23 sentga o‘sdi. Oltin narxi esa tebrangan holda oldingi hafta ko‘rsatkichidan 24 dollarga arzonlashdi.

Neft:
- WTI – 80,97 dollar (hafta boshidan +4,1 foiz, yil boshidan +13,57 foiz);
- BRENT – 85,26 dollar (hafta boshidan +4,20 foiz, yil boshidan +10,67 foiz).

Hafta davimida neftning WTI markasi 3,19 dollar, BRENT esa 3,44 dollarga qimmatlashdi.

Valyutalar:
- USD/EUR: -0,43 foiz (yil boshidan -1,36 foiz);
- CNY/USD: +0,14 foiz (yil boshidan +1,38 foiz);
- TRY/USD: +0,84 foiz (yil boshidan +8,96 foiz);
- UZS/USD: +0,42 foiz (yil boshidan +2,03 foiz);
- RUB/USD: +1,81 foiz (yil boshidan +3,49 foiz).

AQSH valyutasi makroiqtisodiy ma’lumotlar ta’sirida boshqa valyutalarga nisbatan mustahkamlandi. Rubl 1,81 foiz, yevro 0,43 foiz, Osiyo mamlakatlarining valyutalari lira, so‘m va yuanlar mos ravishda 0,84 foiz, 0,42 foiz va 0,14 foizga zaiflashdi.

Kriptovalyuta:
- Bitcoin – 69 602 dollar (hafta boshidan +0,81 foiz, yil boshidan +64,12 foiz);
- Ethereum – 3742 dollar (hafta boshidan -3,55 foiz, yil boshidan +63,93 foiz).

Asosiy kriptolar kuchli va keskin o‘sishni amalga oshirganidan so‘ng kichik korreksiyaga uchradi. Bitcoin 0,81 foizga ko‘tarilgan bo‘lsa, Ethereum 3,55 foizga arzonlashdi.

Bozorlar haqida qisqacha
AQSHning so‘nggi inflyatsiya ma’lumotlari shuni ko‘rsatmoqdaki, moliya bozori ishtirokchilari foiz stavkasi bo‘yicha haddan tashqari optimistik qarashlari tufayli katta ehtimol bilan noto‘g‘ri prognoz berganligi ayon bo‘ldi. AQSH iqtisodiyotida narx bosimi saqlanib qolmoqda, shu sabab Federal zaxira tizimi (FZT) amaldorlari monetar siyosatni yumshatishni kechiktirishi kerakligi to‘g‘risida bayon qilishdi. Bozor ishtirokchilarining stavka bo‘yicha prognozi o‘zgargan bo‘lsa-da, FZT raisi Jerom Povel stavkani ular o‘ylaganidan ko‘proq o‘zgarishsiz ushlab turishga qodir va bunday imkoniyatga ega ekanligini aytgan. Ammo bandlik darajasining sekin-asta yomonlashishi bozor ishtirokchilarining stavka pasayishi haqidagi umidini kuchaytirmoqda.

Eslatma! Taqdim qilingan ma’lumotlar muallifga tegishli bo‘lib, 11 martdan 15 martgacha bo‘lgan vaqt oralig‘idagi moliya bozorida yuz bergan o‘zgarishlar asosida tayyorlangan. Ushbu maqola investitsion maslahat emas.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Xalqaro moliya bozori sharhi: dollar mustahkamlandi, neft narxi qimmatlashdi