83
Meva-sabzavot va oziq-ovqat eksporti bo‘yicha bosh vazir boshchiligida komissiya tuziladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatida investitsiyalarni jalb qilish va eksportni ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilishda O‘zbekistondagi laboratoriyalar xalqaro standartlarga mos emasligi oqibatida o‘zbek meva-sabzavotlariga ishonch so‘nayotgani ta’kidlandi.
Davlat rahbari ko‘tarilgan masalaning o‘rinli ekanini qayd etdi va muammoning yechimini ko‘rsatib berdi.
Jumladan, yaqinda O‘mon sultonligi bilan Yuqorichirchiqdagi Agroxizmatlar markazida xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan ilk xususiy laboratoriya ochildi. Shu yilni o‘zida 8 million dollar investitsiya hisobiga Zangiota tumani, Farg‘ona va Samarqand shaharlarida ham xuddi shunday zamonaviy laboratoriyalar ishga tushadi.
Mutasaddilarga 5 ta laboratoriyani xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazib, xorijiy davlatlar karantin xizmatlari ro‘yxatiga kiritish, yil yakunigacha Toshkent shahrida Referens laboratoriya tashkil qilib, xususiy laboratoriyalar ishini xalqaro standartlarga mosligini ta’minlash topshirildi.
Bundan buyon, xalqaro tan olingan reagentlar import bojidan ozod qilinadi, ularga majburiy ekologik sertifikat olish talab etilmaydi.
Shuningdek, meva-sabzavot sifati bo‘yicha Yaponiya, Koreya, Avstraliya, Kanada kabi davlatlarning milliy talablari o‘rganilib, o‘zimizda joriy qilinadi.
Yig‘ilishda mahalliy korxonalarga xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashishda ko‘maklashish masalasi ham ko‘tarildi.
Ko‘plab ko‘rgazmalarda qatnashish uchun oldindan 100 foizlik to‘lovni amalga oshirish talab etilyapti. Lekin bizda 15 foiz miqdorda avans to‘lanadi, qolgan qismi yarmarka tugaganidan so‘ng o‘tkazib beriladi.
Davlat rahbari bu tizimni to‘liq qayta ko‘rib chiqish kerakligini ta’kidladi. Endilikda tadbirkorlarning xarajati ularning reytingidan kelib chiqib qoplab berilishi belgilandi.
Bunda, yuqori va o‘rta reytingga ega tadbirkorlar uchun ko‘rgazmalarda qatnashish xarajati 100 foiz oldindan to‘lab beriladi. Past reytingga ega bo‘lganlar ko‘rgazmada ishtirok etganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etgandan keyin xarajatining 50 foiz qismi qoplab beriladi.
Bu mexanizm tajriba sifatida 1 yil davomida amal qilishi ta’kidlandi.
Muloqot chog‘ida aylanma mablag‘ masalasi, shartnoma qiymatining debitor qarzdorlik sifatida e’tirof etiladigan chegirma summasi chegarasini ko‘tarish, tabiiy yo‘qotish va sifat buzilishini kamaytirish uchun meva-sabzavotni qadoqlashni imasalalari ham ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, dehqonlardan mahsulotlarni yig‘ib, eksportchilar uchun yetkazib beruvchi ta’minotchilar faoliyatini tartibga solish, importi yuqori bo‘lgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun import qilinadigan xomashyoni bojxona to‘lovidan ozod etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Shavkat Mirziyoyev ushbu masalalar yuzasidan tadbirkorlar bilan batafsil fikr almashib, mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi.
Meva-sabzavot va oziq-ovqat eksporti bo‘yicha bosh vazir boshchiligida komissiya tuzilishi belgilandi, eksportni ko‘paytirishda ekin ekishdan boshlab, mahsulotni saqlash, qadoqlash, qayta ishlash va sotish zanjirini to‘liq qamrab oladigan uch yillik katta dastur qabul qilishga qaror qilindi.
Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarning hisoboti va rejalari tinglandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Shavkat Mirziyoyev Senat oldida turgan muhim vazifalarni aytdi
Zelenskiy frontdagi Pokrovsk va Kupyansk shaharlariga tashrif buyurdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”