6 171
Nissan korporasiyasi AQSh va Kanadadan 640 mingga yaqinroq mashinasini qaytarib oladi
Yaponiyaning Nissan korporasiyasi 6 mart kuni avtomobil egalarining xavfsizligiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan nuqson tufayli AQSh va Kanadadan 640 mingga yaqin avtomobillarini chaqirtirib olish haqida qaror qabul qilganini ma’lum qilgan.
Korporasiya 2013-2015 yillarda ishlab chiqarilgan Altima sedanlarini qaytarib olmoqda. Bu mashinalarda kapot qulfining nosozligi aniqlangan. Bu nosozlik tufayli avtomobil harakatlanayotgan paytda kapot ochilib ketishi mumkin.
Ishlab chiqaruvchilar bu nosozlik tufayli sodir bo‘lgan bir nechta yo‘l-transport hodisasi haqida ma’lumotga ega ekanligini aytgan. Kompaniya barcha qaytariladigan avtomobillarni bepul ta’mirlab berishga va’da bergan.
Nissan korporasiyasi bu nuqson tufayli butun dunyo bo‘ylab 1,1 mln dona avtomobilni chaqirtirib olgan.
Manba: www.kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”