O‘zbekiston mart oyida ham oltin savdosi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Jahon Oltin Kengashining (WGC) oylik ma’lumotlarida keltirib o‘tilgan.
Hisobot davrida jahon markaziy banklarining jami oltin zaxiralari 16 tonnaga oshgan. Xususan, xaridlar hajmi 40 tonnani, sotuvlar hajmi esa 25 tonnani tashkil etgan.
Mart oyida qimmatbaho metallarning eng faol xaridorlari Turkiya (14 tonna), Xitoy (5 tonna) va Hindiston (5 tonna) Markaziy banklari bo‘ldi.
Mazkur vaqtda oltinning asosiy sotuvchisi O‘zbekiston Markaziy banki bo‘ldi va o‘z zaxiralarini 11 tonnaga qisqartirdi. Shuningdek, Tailand (10 tonna) va Iordaniya (4 tonna) Markaziy banklari tomonidan ham katta miqdorda oltin sotilgan.
Avvalroq, O‘zbekiston fevralda eng ko‘p oltin sotgan davlat bo‘lgani xabar qilingandi. 2023 yil yakuni bo‘yicha esa dunyoda ikkinchi eng ko‘p oltin sotgan mamlakat bo‘lgandi. Xususan, o‘tgan yilda 8,2 mlrd dollarlik oltin eksport qilingan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, mart oyida O‘zbekiston 1,35 mlrd dollarlik, yil boshidan buyon esa 2,66 mlrd dollarlik oltin eksport qilgan. Bu mamlakat umumiy eksportining 41,7 foizini tashkil etadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Shavkat Mirziyoyev Senat oldida turgan muhim vazifalarni aytdi
200 mingdan ortiq fuqaro iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga ishga yuborilishi mumkin
Zelenskiy frontdagi Pokrovsk va Kupyansk shaharlariga tashrif buyurdi