Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov AQSHning oziq-ovqat va logistika bozorlarida xizmatlarni taklif qiluvchi Natars NY Food korporatsiyasi vakillarini qabul qildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi
Uchrashuvda Farg‘ona viloyatida yetishtirilgan va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning AQSHga eksporti ko‘lamini kengaytirish masalasi muhokama qilindi.
2023 yil dekabr oyida Oltiariq uzumlarini AQSH bozoriga olib kirishga vositachi bo‘lgan ushbu kompaniya vakillari, viloyat meva va sabzavotlariga Qo‘shma shtatlarda yetarli talab borligi, shuningdek, quritilgan mevalar, konservalangan mahsulotlar, meva sharbatlari, holva va boshqa milliy shirinliklarni ham amerikalik iste’molchilarga sinov tariqasida taqdim etish ustida ish olib borayotganliklarini ma’lum qildi.
Yaqin kunlarda Farg‘ona viloyatida yetishtirilgan va ishlab chiqarilgan qator mahsulotlarning sinov partiyalaridan iborat navbatdagi yuk AQSHga yuborilishi bildirildi. 2024 yilda Farg‘ona uzumlari ham katta miqdorda Amerikaga yetkazib berilishi va bu masalada hozirdan barcha tayyorgarliklar ko‘rilayotgani aytib o‘tildi.
Mahsulotning bozorda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi, xaridorgirligini oshirishda uning ko‘rinishi, sifati va dizayni muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etilib, viloyat tadbirkorlari tomonidan bu borada yetarli ish tashkil etilishini ta’minlashga kelishib olindi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”