368
Gaz oldi-sotdisi bo‘yicha O‘zbekiston va Xitoy tomoni ma’lumotlari o‘rtasida katta farq yuzaga keldi
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston yanvarda 21 mln dollarlik, fevralda 5,7 mln dollarlik, martda 18,7 mln dollarlik, aprelda 6,9 mln dollarlik, mayda esa 7,6 mln dollarlik gaz sotgan. Umumiy hisobda o‘tgan 5 oyda 59,9 mln dollarlik gaz eksport qilingan.
Pandemiya boshlanishi ortidan O‘zbekiston Rossiyaga tabiiy gaz eksportini to‘xtatgandi va bu o‘tgan davr mobaynida ham qayta tiklanmadi. Ayni paytda o‘zbek gazi faqat Xitoyga eksport qilinyapti. Istisno tariqasida fevral oyida Qirg‘izistonga 1 mln dollarlik gaz yetkazib berilgan.
Xitoy Bosh bojxona boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil yanvar-may oylarida O‘zbekistondan 153,87 mln dollarlik gaz import qilingan, bu O‘zbekiston tomoni bergan ma’lumotlardan 2,6 barobarga ko‘p.
Manba: Bakiroo Telegram-kanali
Ma’lumot uchun, joriy yilning 5 oyi davomida O‘zbekiston 643 mln dollarlik gaz import qilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,2 barobar ko‘p.
Gazeta.uz hisob-kitoblariga ko‘ra, 2022 yilda ikki tomonlama raqamlardagi farq 159,5 mln dollarni, 2023 yilda esa 49,5 mln dollarni tashkil etgan. Har ikkala holatda ham O‘zbekiston tomoni raqamlarni kamroq ko‘rsatgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi