13:44 / 17.07.2024
84

Hukumatda mahalliylashtirish bo‘yicha alohida tuzilma tashkil qilinadi

Hukumatda mahalliylashtirish bo‘yicha alohida tuzilma tashkil qilinadi
Birinchi olti oyda mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarish 34 foizga o‘sdi. Lekin hamma tarmoq yoki hududda ham ishlar bir xil emasligi qayd etildi.

Davlat xaridida mahalliy mahsulotlar ulushi 78 foizni tashkil qilsa-da, ayrim vazirliklarda o‘zimizda bor mahsulotni import qilish holatlari hanuzgacha davom etayotgani tanqid qilindi.

Shu bois mahalliylashtirish bo‘yicha ishlar yangicha tizim asosida tashkil qilinadi. Har oyda eng ko‘p import bo‘layotgan iste’mol tovarlari ro‘yxati va hajmi tadbirkorlarga e’lon qilib boriladi. Raqobat qo‘mitasi hudud va tarmoq kesimida o‘rganib, bozorda yetishmayotgan mahsulotlar bo‘yicha yangi quvvatlarni yaratish va mavjudlarini kengaytirish bo‘yicha takliflarini beradi. Ushbu takliflar asosida aniq loyihalar paketi shakllantiriladi, ular 20 ta yirik tarmoq quvvatlarida yoki hududiy korxonalar bilan kooperatsiya asosida amalga oshiriladi.

Bu yangi tizimni joriy qilish uchun Hukumatda mahalliylashtirish bo‘yicha alohida tuzilma tashkil qilinadi. Umuman, joriy yilda 92 trillion so‘mlik mahsulotni mahalliylashtirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Hukumatda mahalliylashtirish bo‘yicha alohida tuzilma tashkil qilinadi