Yangi meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini eksport qiluvchi O‘zbekiston korxona va tashkilotlari uchun valyuta tushumini majburiy tartibda sotish miqdori ikki barobarga kamaytirildi. Prezident v. b. Shavkat Mirziyoyev shu haqdagi qarorni imzoladi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bermoqda.
Hujjatga muvofiq, 20 sentyabrdan boshlab tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy mansubligidan kat’i nazar, eksport qiluvchi korxona va tashkilotlar, shu jumladan, mikrofirmalar, kichik korxonalar, fermer va dehqon xo‘jaliklari yangi meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini eksport qilishdan tushadigan valyuta tushumining 25 foizini belgilangan tartibda majburiy sotishni amalga oshiradi. Bungacha esa mazkur ko‘rsatkich 50 foizni tashkil etar edi.
Qarorda yangi, quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini eksportga etkazib berish yuklab jo‘natiladigan mahsulot qiymatining kamida 30 foizini oldindan to‘lash shartlarida amalga oshirilishi ham ko‘zda tutilgan. Qolgan qismi uchun tasdiqlangan bank akkreditivi ochiladi yoxud birinchi klassli xorijiy bank kafolati rasmiylashtiriladi.
«Uzagrojksport» ixtisoslashtirilgan tashki savdo kompaniyasiga yangi, quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini ishonchli va uzoq muddatli sheriklar bo‘lgan etakchi xorijiy tashkilotlar, import qiluvchilar (Vazirlar Mahkamasi karorlari bilan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha) manziliga chiqarish va sotish huquqi berildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”