11:50 / 09.09.2024
50

O‘zbekistonda ayrim tadbirkorlarga 100 mln so‘mgacha garovsiz mikrokreditlar ajratiladi

O‘zbekistonda ayrim tadbirkorlarga 100 mln so‘mgacha garovsiz mikrokreditlar ajratiladi
“Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga asosan, “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida quyidagi mexanizmlar amaliyotga joriy etiladi:
  • bir loyiha doirasida 300 million so‘mgacha mikrokreditlarni, shundan 100 million so‘m garovsiz qismini “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ mablag‘lari hisobidan, 200 million so‘mgacha qismini banklar va mikromoliya tashkilotlarining o‘z mablag‘lari hisobidan ajratish;
  • garovsiz ajratilgan 100 million so‘m doirasida mikrokreditlar bo‘yicha kredit tavakkalchiligini davlat va mikrokredit beruvchilar o‘rtasida taqsimlash yoki ular bo‘yicha Kompaniyaning portfel kafilligini taqdim etish;
  • mikrokredit beruvchilar tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan ajratilgan 100 million so‘mgacha garovsiz mikrokreditlarni qayta moliyalashtirish tizimiga o‘tish.

Dastur doirasida 100 million so‘mgacha garovsiz mikrokreditlar:
  • kamida bir yil mobaynida faoliyat yuritayotgan va ijobiy kredit tarixiga ega kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratiladi;
  • 2024 yil 1 noyabrdan kichik tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyat yuritayotgan hudud toifasidan kelib chiqqan holda Kompaniya tomonidan mikrokredit beruvchilarga quyidagi stavkalarda qayta moliyalashtiriladi:

5-toifa uchun – 12,5 foiz;
4-toifa uchun – 13,5 foiz;
3-toifa uchun – 14,5 foiz;
2-toifa uchun – 17,0 foiz;
1-toifa uchun – 18,0 foiz.

Avvalroq “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” 2024 yil yil yakuniga qadar taqdim etiladigan yordamlar prognozi haqida ma’lumot bergan edi.

Unga ko‘ra, tadbirkorlarning 2,1 mingta loyihalarini amalga oshirish uchun 1,4 trillion so‘m miqdorida qo‘llab-quvvatlanishi prognoz qilinmoqda. Bunda 556 milliard so‘m kafillik, 300 milliard so‘m xizmatlar ipotekasi, 300 milliard so‘m kredit resursi, 115 milliard so‘m kompensatsiya yordamlari taqdim etiladi hamda loyihalarda 84 milliard so‘m miqdorida ulushdor bo‘lib ishtirok etiladi.

Tadbirkor 10 milliard so‘m miqdorida 18 foiz ustama haq yoki bo‘lib to‘lash shartlari asosida xizmatlar ipotekasi yordamidan foydalanganda 7 yil davomida bozor sharoitida ajratilgan qarzlardan farqli ravishda o‘rtacha 3 milliard so‘mdan xarajatni iqtisod qiladi.

Xuddi shuningdek, tadbirkor 7 yillik 3 milliard so‘m miqdoridagi kapitalga ulush kiritish yordamidan foydalanganda 3,3 milliard so‘m foiz xarajati iqtisod bo‘ladi va bu mablag‘lar tadbirkor ixtiyorida qoladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda ayrim tadbirkorlarga 100 mln so‘mgacha garovsiz mikrokreditlar ajratiladi