45
Kreativ iqtisodiyot konferensiyasi davom etmoqda: “Resurslar tugaydi, g‘oyalar esa yo‘q”
Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram
O‘zbekiston IV Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasiga mezbonlik qilmoqda. Anjuman 2 oktyabr kuni ochildi, 4 oktyabrga qadar davom etadi. Unda 2000 dan ortiq delegatlar qatnashmoqda. Resurslarning chegarasi bor, g‘oyalarniki esa yo‘q. Kreativ iqtisodiyot bu – g‘oyalarga asoslangan iqtisodiyot, deydi ishtirokchilar.
Bu yilgi konferensiyaning asosiy mavzusi “Inklyuziv kreativlik – o‘zgaruvchan reallik”. Muhokama markazida esa kreativ iqtisodiyotning kelajagi, eng yangi texnologiyalarning unga ta’siri bo‘lmoqda, masalan, sun’iy intellektning. Madaniy va kreativ sanoatlar har yili taxminan 2,3 trillion dollar daromad keltiradi. Global YAIMning 3,1 foizi aynan kreativ iqtisodiyot hissasiga to‘g‘ri keladi. 2030 yilga borib bu 10 foizga yetishi kutilmoqda. Bu galgi xalqaro konferensiyani ingliz aktrisasi, topmodel-media persona Naomi Campbell ochib berdi.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston bosh vaziri so‘zga chiqib, kreativ iqtisodiyotning o‘rni haqida gapirdi. Aripovga ko‘ra, davlat YAIMning 5 foizi aynan kreativ iqtisod hissasiga to‘g‘ri kelishi maqsad qilinmoqda. BMT savdo va taraqqiyot konferensiyasi bosh kotibi Rebeka Grinspan esa global savdo xizmatlari ulushi tushib borayotgani, texnologiya savdoni ham egallagani, kreativ iqtisodiyot esa global YAIMning 7-12 foizigacha hissaga ega bo‘lishi kutilayotganini aytdi.
“Men doim aytaman, talant, ya’ni iste’dod dunyodagi eng yaxshi distribyutor. Dunyoning har bir burchagida kreativ iqtisodiyot o‘z auditoriyasini topa oladi, mijozlari kafolatlangan”, - deydi BMT vakili.
"Ushbu xalqaro platforma muallifi – Indoneziya hisoblanadi. Birinchi marta bundan 6 yil avval aynan Indoneziyada kreativ iqtisodiyot global muhokama mavzusiga aylangan. Bizning tajribamiz shuni ko‘rsatdiki, bugun Indoneziya eksportining 93 mlrd dollari kreativ iqtisodiyot hissasiga to‘g‘ri keladi va bu bizning YAIM 8 foizi degani", dedi davlat turizm va kreativ iqtisodiyot vaziri.
Qatar muzeylari va Doha film instituti raisi Shayxa Al-Mayassa fikricha, muvaffaqiyat – madaniy merosda.
Xitoylik professorning aytishicha, mavzuning muhimligi sun’iy intellekt bilan bog‘liq.
“Sun’iy intellekt va kreativ iqtisodiyot integratsiyasi – ajoyib natijalar beradi. biz sun’iy intellekt orqali bir-birini takrorlamaydigan g‘oyalar yaratishimiz mumkin. Masalan, arxitektura, san’at, muzeylar, qurilish dizayni, reklama sanoati bunda eng to‘g‘ri keladigan yo‘nalishlar”, - deydi Chenching Zong.
"San’at va iqtisod bir-biriga bog‘liq", deydi fransuz arxitektorlar assotsiatsiyasi direktori Borina Andryo‘.
"Iqtisod san’atni moliyalashtiradi. Har xil loyihalar bilan omma jalb etiladi. Iqtisod, madaniyat va kreativlik – bir birini to‘ldiruvchi aylanma. Masalan, sizda boy tarix va madaniyat bor, uni siz taqdim etasiz va iqtisodingiz foyda ko‘radi. Birgina muzeyni olaylik, siz bu muzeyni tashkil qilasiz, qancha boy eksponatlaringiz bo‘lsa, qo‘yasiz. Ular esa qadrini yo‘qotmaydi va foyda keltiradi. Hech nima yo‘qotmasdan iqtisod foyda ko‘radi. Qancha ish o‘rni ham yaratiladi”, - deydi Andryo‘. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Tramp sobiq kongressmen Daffini transport vaziri lavozimiga taklif qildi
Tadqiqot: iqlim o‘zgarishi to‘fonlar tezligini oshirmoqda
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi