Yoshlar startaplariga 1 milliard so‘mgacha investitsiya beriladi

Iqtisodiyot1 daqiqa o'qish99
Yoshlar startaplariga 1 milliard so‘mgacha investitsiya beriladi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • O‘zbekistonda yoshlarning biznes, axborot texnologiyalari va kreativ iqtisodiyot yo‘nalishidagi 100 ta eng yaxshi loyihasining har biriga 1 milliard so‘mgacha investitsiya kiritilishi rejalashtirildi.
  • Bu maqsad uchun Yoshlar agentligi tomonidan loyihalar saralab olinadi.
  • Shuningdek, 2026 yil mamlakati deb e’lon qilingan O‘zbekistonda har bir vazir va hokim kamida 10 milliard so‘mlik venchur jamg‘arma tashkil qilishi belgilandi.

O‘zbekiston 2030 yilga qadar iqtisodiyot hajmini 240 milliard dollardan oshirishni rejalashtirmoqda. Davlat rahbari bu maqsadga erishish uchun barcha sohalarga yangi g‘oya olib kiradigan innovatsion startaplar zarurligini ta’kidladi.

So‘nggi to‘qqiz yilda mamlakatdagi mahalliy startap ekotizimi 15 barobar o‘sib, uning qiymati 4 milliard dollardan oshgan. Venchur jamg‘armalar soni 23 taga yetgan, ularning umumiy kapitali esa 200 million dollarni tashkil qilgan.

Shu davrda 1 ming 200 dan ortiq istiqbolli startap loyihalar paydo bo‘lgan. Ayni yo‘nalishda 3 mingdan ziyod yosh yuqori daromad topmoqda.

O‘zbekistonning startap sohasidagi natijalari xalqaro reytinglarda ham qayd etilgan. «Global startap indeksi»da mamlakat 31 pog‘ona yuqorilagan. Shuningdek, O‘zbekiston dunyoda eng tez rivojlanayotgan startap ekotizimlaridan biri sifatida «2026 yil mamlakati» deb e’lon qilingani aytildi.

Endi har bir vazir, tarmoq rahbari va hokim «Mingta masalaga yoshlardan mingta yechim» loyihasini amalga oshiradi.

Loyiha doirasida har bir rahbar o‘z tizimidagi dolzarb muammolarni ochiq platformaga joylashtiradi. Yoshlar taklif qilgan eng yaxshi yechimlar uchun mukofot belgilanadi.

Buning uchun har bir vazir va hokim kamida 10 milliard so‘mlik venchur jamg‘arma tashkil etadi. Mablag‘lar g‘oliblarni rag‘batlantirish hamda 20 tadan eng yaxshi startapni g‘oya bosqichidan amaliyotga joriy etishgacha moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.

Yoshlar agentligi esa biznes, axborot texnologiyalari va kreativ iqtisodiyot yo‘nalishida 100 ta eng yaxshi loyihani tanlaydi. Ularning har biriga 1 milliard so‘mgacha investitsiya kiritiladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?