10:26 / 07.10.2016
7 827

Toshkentda Xalqaro sayyohlik yarmarkasi ish boshladi (+foto)

Toshkentda Xalqaro sayyohlik yarmarkasi ish boshladi (+foto)

Toshkentda «Ipak yo‘lida turizm» XXII Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi ochildi.
«O‘zekspomarkaz"da 5 oktyabr kuni «Ipak yo‘lida turizm» XXII Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi ochildi, deb xabar bermoqda "gazeta.uz" nashri

Bu yilgi yarmarkada Yaponiya, Portugaliya, Fransiya, Chili, Rossiya, Turkiya, Tailand, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa mamlakatlardan yigirmadan ko‘proq firma va kompaniya vakillari ishtirok etmoqda.

Yarmarka doirasida namoyish etilayotgan «Sharq bozori» ekspozisiyasidan O‘zbekiston hunarmandlarining pichoq va gilamlari, mato va milliy liboslari hamda saxovatli zaminning turfa xil ne’matlari o‘rin oldi.

Xalqaro sayyohlik yarmarkasining bu yilgi rasmiy sherik-mamlakati Tailand bo‘ldi. Payshanba kuni mazkur mamlakatning turizm va sport vaziri Kapkran Vatanavrankul Toshkentga tashrif buyurdi.

2015 yil yakunlariga ko‘ra, sayyohlik sohasi O‘zbekistonda YaIMning 2 foizi yoki 1,2 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi. Yarmarka ochilishida ta’kidlanganidek, mazkur ko‘rsatkichni oshirish bo‘yicha barcha imkoniyatlar safarbar etiladi.

Bugungi kunda mamlakatda 1282 sayyohlik tashkiloti, jumladan, 661 mehmonxona, sayyohlik bazasi va kemping, 600 dan ortiq sayyohlik kompaniyasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

«O‘zbekistonda tibbiyot turizmi» deb nomlangan bo‘limda mamlakat tibbiyotining o‘ziga xos salohiyati, tibbiyot ilm-fani yutuqlari, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, etakchi klinikalarda yaratilgan zamonaviy tibbiy diagnostika va davolash sharoitlari keng namoyish etilmoqda.

«Hosted Buyers» (Professional xaridorlar) dasturi uchrashuvlarida xorijiy kompaniyalar rahbar va menejerlari O‘zbekistondagi sayyohlik yo‘nalishlari bilan tanishish, hamkorlik o‘rnatish va o‘zaro manfaatli shartnomalar tuzish imkoniga ega bo‘lmoqda.

Tadbir doirasida «Ekologik turizm — atrof-muhitni muhofazalash va barqaror rivojlanish omili: O‘zbekiston tajribasi va xalqaro amaliyot» mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Anjumanda O‘zbekistonning ekologik sayyohlik salohiyati, bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan dastur va loyihalarga oid ma’ruzalar tinglandi va istiqboldagi vazifalar, xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.

Yarmarka doirasida mamlakat ichki turizmini rivojlantirish masalalari, aholiga bu yo‘nalishda xizmat ko‘rsatishning bugungi holati va istiqbollariga oid xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ham tashkil etiladi.

Foto


















arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Toshkentda Xalqaro sayyohlik yarmarkasi ish boshladi (+foto)