23
O‘zbekistonga Saudiya kompaniyalarining qariyb 2,5 mlrd dollarlik investitsiyalari jalb etiladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oliy darajadagi kelishuvlar ijrosi doirasida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, eng avvalo, O‘zbekistonda ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Keyingi yillarda O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik jadal rivojlanayotgani qayd etildi.
O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi, kooperatsiya ko‘lami va aviaqatnovlar soni ortib bormoqda. 2024 yil yakuni bilan O‘zbekistonga Saudiya Arabistoni kompaniyalarining qariyb 2,5 mlrd dollarlik investitsiyalari jalb etilishi kutilmoqda.
“Yashil” energetika, sog‘liqni saqlash, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, issiqlik va suv ta’minoti, qishloq va uy-joy kommunal xo‘jaligi kabi sohalarda istiqbolli loyihalarni ilgari surish muhimligi ta’kidlandi.
Shu munosabat bilan Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishiga puxta tayyorgarlik ko‘rish zarurligi qayd etildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi