Chernogoriya O‘zbekistondan sabzavot va to‘qimachilik mahsulotlari sotib olishni kengaytiradi

Chernogoriya O‘zbekistondan sabzavot va to‘qimachilik mahsulotlari sotib olishni kengaytiradi
Foto: IA «Dunyo»
O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Chernogoriya bosh vazirining o‘rinbosari – qishloq xo‘jaligi vaziri Vladimir Yokovich bilan uchrashdi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Chernogoriya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar bu borada amalga oshirilmagan salmoqli salohiyat mavjudligini qayd etishdi.

O‘zaro manfaatli barcha ustuvor yo‘nalishlarda iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Muloqot chog‘ida qishloq xo‘jaligi sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.

Chernogoriya tomoni mamlakat bozoriga O‘zbekiston sabzavot va to‘qimachilik mahsulotlari importini kengaytirishga tayyorligini bildirdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar