10:32 / 30.12.2024
37

2028 yilgacha QQS va foyda soligʻi stavkalari oshirilmaydi

2028 yilgacha QQS va foyda soligʻi stavkalari oshirilmaydi
“Tadbirkorlar uchun teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini ta'minlash boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Qoʻshilgan qiymat soligʻi va foyda soligʻi stavkalari 2028 yil 1 yanvargacha oshirilmasligi belgilandi.

2025 yil 1 yanvardan 2028 yil 1 yanvargacha tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yoʻnalishlarida ishlab chiqarish faoliyatini yuritayotgan va belgilangan shartlarga javob beradigan tadbirkorlar uchun foyda soligʻi va oʻzlarining xodimlari uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi stavkalari 1 foiz etib belgilandi.

2025 yil 1 apreldan daromadidan qat'i nazar, farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi yoki tibbiy xizmat koʻrsatuvchi yuridik shaxslar QQSni toʻlovchilar deb e'tirof etiladi.

Tadbirkorlarga tashqi moliya bozorlariga chiqishga koʻmaklashish markazi tashkil qilinadi.

Markaz tadbirkorlarga xalqaro moliya institutlari, xorijiy moliya tashkilotlari va boshqa kredit tashkilotlaridan davlat kafolatisiz mablagʻlar jalb qilish boʻyicha konsalting xizmatlar koʻrsatadi.

2025 yilda aylanma mablagʻlarini toʻldirishga ajratiladigan kreditlar uchun “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJga (Kompaniya) 100 million AQSh dollari miqdorida qoʻshimcha mablagʻ ajratiladi.

2025 yil 1 yanvardan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini kalibrovka qilish va maxsus idishlarda qadoqlash loyihalari hamda aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun Kompaniya resurslari hisobidan milliy valyutada revolver kreditlar ajratiladi.

2025 yil 1 yanvardan:
  • bojxona chegarasidan olib chiqiladigan har bir kilogramm paxta ip-kalavasi uchun yigʻim uning eksport narxidan 2 foiz miqdorda, biroq 0,05 AQSh dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda oʻrnatiladi;
  • bojxona chegarasidan olib chiqiladigan har bir kilogramm trikotaj mato uchun yigʻim uning eksport narxidan 1 foiz miqdorda oʻrnatiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot