18:29 / 08.01.2025
202

Oʻzbekistonning xalqaro zaxiralari 2024 yilda 6,6 milliard dollarga oshdi

Oʻzbekistonning xalqaro zaxiralari 2024 yilda 6,6 milliard dollarga oshdi
2024-yil yakunida Oʻzbekistonning xalqaro zaxiralari 6,6 milliard dollarga koʻpayib, 41,18 milliard dollarni tashkil etdi. Dekabr oyida zaxiralar 290,2 million dollargʻa kamaygan boʻlsa-da, yil davomida mamlakatning "moliyaviy xavfsizlik yostigʻi" ancha mustahkamlandi. Bu haqda Markaziy bank ma'lumotlariga asoslanib "Gazeta.uz" xabar berdi.

Markaziy bank hisobotiga koʻra, oltinning jismoniy hajmi yil davomida 12,4 tonnaga oshib, umumiy zaxira 382,5 tonnaga etdi. Oltin qiymati esa 7,4 milliard dollarga (+30%) oshib, 32,04 milliard dollarga etdi. Oltin narxining oʻsishi ham bunga sabab boʻldi: yil davomida bir troy untsiyasi narxi 2063 dollardan 2624 dollargacha (+27%) koʻtarilgan.

Valyuta zaxiralari esa 771,8 million dollarga kamayib, 8,6 milliard dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, Markaziy bank xorijiy qimmatli qogʻozlarni sotib olishni boshlagan boʻlib, ular hajmi yil oxiriga borib 101,7 million dollarga etdi.

2024-yil davomida Oʻzbekiston rekord darajada oltin eksport qilgan — jami 8,15 milliard dollarlik, bu oʻtgan yilga nisbatan 2,3 barobar koʻpdir. Faqatgina noyabr oyida eksport hajmi 1,28 milliard dollarni tashkil etgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot