Alibaba Cloud kompaniyasi Oʻzbekistonda QQS toʻlovchisi sifatida roʻyxatdan oʻtdi, deb xabar beradi Davlat soliq qoʻmitasi.
Qoʻmitaning ma'lum qilishicha, Alibaba Group (Alibaba.com) kompaniyasiga rasmiy soʻrov yuborilgan. 28 yanvar kuni Alibaba Cloud (Singapore) Private Limited bulutli hisoblash sohasida faoliyat yurituvchi xalqaro kompaniyasi tax.uz QQS-ofisi orqali Oʻzbekistonda koʻrsatilayotgan elektron xizmatlar boʻyicha QQS toʻlovchisi sifatida roʻyxatdan oʻtgan.
Ta'kidlanishicha, Oʻzbekistonda elektron shakldagi xizmatlarni koʻrsatuvchi chet el kompaniyalari jismoniy shaxslarga koʻrsatilayotgan bunday xizmatlar boʻyicha QQS toʻlovchisi hisoblanadi.
«Bugunga kelib Oʻzbekistonda 65 ta chet el internet-kompaniyalari roʻyxatdan oʻtgan», — deyiladi xabarda.
Alibaba Cloud — bulutli xizmatlar kompaniyasi boʻlib, u Alibaba Group’ning shu'ba korxonasi hisoblanadi. Alibaba Cloud onlayn-biznes va Alibaba’ning elektron tijorat ekotizimlari uchun bulutli hisoblash xizmatlarini taqdim etadi.
Avvalroq Oʻzbekistonda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy kompaniyalar 2024 yilda qariyb 116 milliard soʻm soliq toʻlagani toʻgʻrisida xabar berilgandi. Meta kompaniyasi eng koʻp soliq toʻlagan kompaniyaga aylandi — 41,71 milliard soʻm. Undan keyingi oʻrinlarni Google (28,9 milliard soʻm) hamda Apple (27,3 milliard soʻm) kompaniyalari egallagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar