06:25 / 04.02.2025
37

Tovarlar va xizmatlar narxi bir oyda qanchaga oshgani aytildi

Tovarlar va xizmatlar narxi bir oyda qanchaga oshgani aytildi
Statistika agentligi ma'lumotlariga koʻra, 2025 yilning yanvar oyida iste'mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari oʻrtacha 0,7 % ga qimmatlashgan.

Iste'mol sektoridagi narxlarning yillik (2024 yil yanvar oyiga nisbatan) oʻsish darajasi 9,9 % ni tashkil etgan.

2025 yilning yanvar oyida istemol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oʻrtacha 0,8 % ga, nooziq-ovqat tovarlari 0,3 % ga va aholiga pullik xizmatlar koʻrsatish narxlari oʻrtacha 1,1 % ga oshgani kuzatilgan.

Mazkur hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun 10 mingdan ortiq savdo nuqtalari va xizmat koʻrsatish ob'ektlarida 120 mingdan ziyod narxlar qayd etilgan.

420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari va 90 turdagi xizmatlar narxlari kuzatildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot